Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Erondagi uruş davom etmoqda
AQŞ prezidenti Donald Tramp payşanba kuni Oq uydagi yiğilişda agar Eron kelişuvga rozi bölmasa, bosimni oşiriş bilan tahdid qildi. Biroq keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda Eronning energetika obektlariga hujumlarni 6 aprelgaça — yana 10 kunga töxtatib turişini e’lon qildi.
«Muzokaralar davom etmoqda, «Fake News» OAVlari va boşqalarning zid bayonotlariga qaramay, ular juda yaxşi ketmoqda», deb qöşimça qildi Tramp.
Şuningdek, Tramp agar Eron Hörmuz böğozini oçiş va yadroviy dasturini yakunlaşga rozi bölmasa, AQŞ Eronning «eng dahşatli tuşiga» aylanişini aytdi. U Eron nefti ustidan nazoratni qölga oliş ham variantlardan biri ekanini aytdi, biroq tafsilotlarni keltirmadi.
Pentagonga köra, AQŞ Eronga qarşi operatsiyalar doirasida patrullik qiliş uçun uçuvçisiz dron-katerlarni safarbar qilgan. Bu Vaşingtonning faol mojaroda bunday kemalardan foydalanayotganini birinçi marta tasdiqlaşidir.
Şu bilan birga, Tramp Eronga muzokaralarda xayrixohlik belgisi sifatida 10 ta neft tankerini, jumladan, Pokiston bayroği ostidagi ba’zi kemalarni Hörmuz orqali ötkazib yuborişni taklif qildi.
Eron esa Vaşington bilan muzokaralar olib bormayotganini aytgan. Xususan, eronlik mulozimning Reutersʼga ma’lum qilişiça, Pokiston orqali Tehronga yetkazilgan AQŞning taklifi Eronning yuqori martabali mulozimlari va Oliy rahbar vakili tomonidan batafsil körib çiqilgan. Ular bu taklif – faqat AQŞ va Isroil manfaatlariga xizmat qiladi, degan xulosaga kelgan.
Biroq diplomatiya hali yakunlanmadi. Pokiston taşqi işlar vaziri AQŞ va Eron örtasida «bilvosita muzokaralar» ketayotganini, Turkiya va Misr kabi boşqa davlatlar ham vositaçilik harakatlarini qöllab-quvvatlayotganini aytdi.
Eron manbalariga köra, uruş boşlanganidan beri Eron öz pozitsiyasini qat’iylaştirdi va kelajakdagi harbiy harakatlarga qarşi kafolatlar, yöqotişlar uçun tovon puli va böğoz ustidan rasmiy nazoratni talab qilmoqda.
Isroil Eronning dengiz floti qömondonini öldirdi
26 mart kuni Isroil Hörmuz böğozi blokadasiga rahbarlik qilgan Eron harbiy-dengiz kuçlari qömondoni öldirilganini bildirdi. Mudofaa vaziri Israel Katsning sözlariga köra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy-dengiz kuçlari rahbari Alirizo Tangsiri «Hörmuz böğozini tösib qöyiş uçun bevosita javobgar» bölgan va u «portlatib yuborilgan».











