26 mart oqşomida Yevropa yaşil maydonlarida JÇ-2026 saralaşi ötiş bosqiçida yarimfinal öyinlari bölib ötdi. 16 jamoadan sakkiztasi mundial uçun imkoniyat saqlab qolmoqda. 31 mart kuni Italiya, Turkiya, Polşa, Şvetsiya, Çexiya, Daniya, Kosovo va Bosniya jamoalari tört yöllanma uçun kuraşni davom ettiradi.

Italyanlar finalda Bosniya bilan öynaydi: Tonali va Jyeko qahramon

Italiya – Şimoliy Irlandiya 2:0
Gollar: Tonali, 56 (1:0). Kin, 80 (2:0)
Italiya: Donnarumma, Bastoni (Gatti, 63), Kalafiori, Mançini, Lokatelli, Tonali (Palestra, 83), Barella, Dimarko, Politano (Pizilli, 83), Retegi (Espozito, 63), Kin (Raspadori, 88)
Şimoliy Irlandiya: P. Çarlz, Hyum, Makkonvill, Makneyr, Spenser (Magennis, 79), Devlin (Smit, 68), Gelbreyt, Ş. Çarlz, Prays (Marşall, 83), Devenni, Donli (Rid, 79)
Ogohlantiriş: Bastoni, 58

Uels – Bosniya va Gersegovina 1:1
Gollar: D. Jyeyms, 51 (1:0). Jyeko, 86 (1:1)
Penaltilar seriyasi: Demiroviç – (0:0)(darvozabon). Uilson – (1:0). Tabakoviç – (1:1). Harris – (2:1). Başiç – (2:2). Jonson – (2:2)(xato). Hojiahmetoviç – (2:3). Uilyams – (2:3)(darvozabon). Alaybegoviç – (2:4)
Uels: Darlou, Loulor, Rodon, Dasilva, Uilyams, Ampadu, Uilson, J. Jyeyms (Kallen, 56), Jonson, D. Jyeyms (Tomas, 84), Bruks (Harris, 74)
Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muharemoviç, Katiç, Kolaşinats (Başiç, 62), Dediç (Gigoviç, 112), Tahiroviç (Alaybegoviç, 62), Şuniç (Tabakoviç, 78), Memiç (Burniç, 74), Bayraktareviç, Demiroviç, Jyeko (Hojiahmetoviç, 91)
Ogohlantirişlar: Kallen, 70 – Memiç, 5. Demiroviç, 37. Kolaşinats, 39

Italiya Şimoliy Irlandiya tösiğidan ötdi – 2:0. Lekin öyin mezbonlar uçun oson keçmadi. Faqat 56-daqiqaga kelib Sandro Tonalining uzoq masofadan töpni töxtatmasdan yöllagan zarbasi amalda öyin taqdirini hal qildi. U 80-daqiqada Moyze Kin urgan ikkinçi golda ham asosiy işni bajardi.

Italyanlar öyin davomida jami 19 zarba berişdi (Şimoliy Irlandiyada beşta) va haqli ğalabaga erişdi. Ikkinçi gol ham vaqtida urildi va muxlislar asabiy yakundan qutulib qolişdi. Italiya bu safargi saralaşda yoki ğalaba qozonmoqda (yetti marta), yoki yutqazmoqda (ikki marta Norvegiyaga).