Özbekistonda konsert-tomoşa faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxslarni soliqqa tortiş böyiça yangi tartib rejalaştirilmoqda. Adliya vazirligi bu haqda prezident qarori loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Taklif quyidagiça: 2026 yil 1 sentabrdan boşlab ijroçilar va ijodiy jamoalarning ijodiy faoliyati bilan boğliq barça xizmatlari soliq organlarining “Soliq” mobil ilovasida röyxatga olinadi.
Ijroçilar 2026 yil 1 sentabrdan 2029 yil 1 yanvarga qadar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini “bir xizmat – bir tölov” tamoyili asosida, qat’iy belgilangan miqdorlarda tölaydi. (Mehnat şartnomasi asosida mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq ijodiy faoliyat bundan mustasno).
“Bir xizmat – bir tölov” tamoyili doirasidagi soliq miqdori san’atkorning reytingi va xizmat körsatilgan joyga boğliq bölib, bazaviy hisoblaş miqdori bilan ölçanadi:
- 1-reyting guruhi ijroçilari: Toşkent şahrida – 3 BHM (hozirda 1 mln 236 ming söm); Nukus şahrida va viloyat markazlarida – 2 BHM (hozirda 824 ming söm); boşqa şaharlar va qişloq joylarda – 1 BHM (hozirda 412 ming söm).
- 2-reyting guruhi ijroçilari: Toşkent şahrida – 2 BHM; Nukus şahrida va viloyatlar markazlarida – 1 BHM; boşqa şaharlar va qişloq joylarda – 0,5 BHM.
- 3-reyting guruhi ijroçilari: Toşkent şahrida – 1 BHM; Nukus şahrida va viloyat markazlarida – 0,5 BHM; boşqa şaharlar va qişloq joylarda – 0,25 BHM.
Yuqorida keltirib ötilgan tartib 2026 yil 1 sentabrdan joriy etilgan taqdirda, şu sanadan e’tiboran konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiruvçilar uçun yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida aylanmadan olinadigan soliqni tölaş tartibi tatbiq etilmaydi.
Ijroçilar tomonidan mobil ilovaga tegişli ma’lumotlar kiritilmasligi va belgilangan miqdordagi tölov amalga oşirilmasligi – litsenziya talablarini












