H-60Mx deb belgilangan yangi apparat AQŞ armiyasining jangovar imkoniyatlarni rivojlantiriş qömondonligi rahbarligi ostida jadal sinov bosqiçiga kirmoqda. Rasmiylar sözlariga köra, asosiy maqsad — boşqariladigan rejim, pilot ixtiyoriy qatnaşadigan rejim va töliq avtonom parvoz örtasida uzluksiz ötiş imkoniyatini tasdiqlaş.

H-60Mx vazifalar samaradorligini saqlab qolgan holda uçuvçilar uçun xavfni kamaytiriş maqsadida yaratilgan. U bortda ekipaj bilan harakat qilişi, yerdan turib masofadan boşqarilişi yoki topşiriq talabidan kelib çiqib töliq avtonom rejimda işlaşi mumkin.

2026 yil davomida vertolyot bir qator murakkab ssenariylar böyiça sinovdan ötkaziladi. Ular qatoriga avtonom navigatsiya, tösiqlarni aylanib ötiş va boşqariladigan hamda uçuvçisiz tizimlar bilan birgalikda muvofiqlaştirilgan vazifalarni bajariş kiradi. Muhandislar, şuningdek, aloqaga elektron tösiqlar xalaqit berişi mumkin bölgan qarşi ta’sir şaroitida uning işlaşini ham baholaydi.

H-60Mx ön yildan ortiq davom etgan işlanmalar mahsuli böldi. Uning ildizlari ALIAS (Aircrew Labor In-Cockpit Automation System) dasturiga borib taqaladi. Bu dasturning maqsadi ilğor avtomatlaştiriş orqali parvoz boşqaruvini soddalaştirişdan iborat edi.

Dastlab tizim mavjud vertolyotlarni modernizatsiya qiliş uçun möljallangan modulli töplam sifatida yaratilgan. Keyinçalik, harbiy va fuqaroviy havo kemalarida ötkazilgan köplab sinovlardan söng, u avtonom boşqaruv sohasidagi tölaqonli yeçimga aylandi.

Bu jarayonda Sikorsky kompaniyasi işlab çiqqan MATRIX avtonomiya dasturiy ta’minoti hal qiluvçi rol öynadi. Uşbu tizim raqamli ikkinçi pilot sifatida işlab, parvozning butun jarayonini — uçib ketişdan tortib qönişgaça nazorat qiladi.

H-60Mx AQŞ armiyasining asosiy köp maqsadli vertolyoti bölgan UH-60M Black Hawk bazasida yaratilgan. U 11 nafar töliq jihozlangan harbiy xizmatçini taşişi yoki taxminan tört tonna taşqi yukni kötarişi mumkin.

Modernizatsiya markazida ilğor avtonom missiyalar menejeri turibdi. U logistik ta’minot, yaralanganlarni evakuatsiya qiliş va xavf darajasi yuqori hududlarda razvedka olib boriş kabi mustaqil vazifalarni bajariş imkonini beradi.

Yana bir muhim özgariş — fly-by-wire boşqaruv tizimiga ötiş böldi. Bu an’anaviy mexanik uzatmalar örnini bosib, barqarorlikni oşiradi va avtomatik manyovrlarni aniq bajarişni ta’minlaydi. Bundan taşqari, u pilotlar yukini kamaytirib, ularga taktik qarorlar qabul qilişga köproq e’tibor qaratiş imkonini beradi.