Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞ va Isroil Eron bilan zarbalar almaşdi

AQŞ va Isroil Eronning eng yirik va strategik ahamiyatga ega bölgan ikkita yirik pölat işlab çiqariş zavodini nişonga oldi. Eronning yarim rasmiy Fars agentligi xabar berişiça, voqea joyiga favqulodda vaziyatlar bölinmalari yetib kelgan. Hodisa tafsilotlari böyiça qöşimça ma’lumotlar keyinroq oçiqlanadi.

Isfahon viloyati hokimi Mehdi Jamalinejad hujum oqibatida bir kişi halok bölgani va 15 kişi jarohatlanganini bildirdi.

Şuningdek, Eron Atom energiyasi taşkiloti Buşer atom elektr stansiyasiga noma’lum snaryad kelib tuşganini bildirdi. Taşkilotga köra, bu inşootga qilingan uçinçi hujum, biroq qurbonlar yoki jiddiy zarar haqida xabar berilmadi.

28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi qöşma hujum boşlaganidan beri mintaqaviy keskinlik tinmayapti. Öşanda boşlangan amaliyotlar natijasida Eronning özida 1300 dan ortiq inson halok böldi.

Tehron bunga javoban Isroil, Iordaniya, Iroq va AQŞ harbiy obektlari joylaşgan Fors körfazi davlatlariga qarşi ketma-ket dron va raketa zarbalarini yöllamoqda.

Xususan, 27 mart kuni Eronning Saudiya Arabistonidagi Prince Sultan aviabazasiga bergan raketa zarbasi natijasida 10 nafar amerikalik harbiy yaralangan, ulardan ikki nafari oğir ahvolda. Şuningdek, AQŞning bir neçta yonilği quyiş samolyotlariga zarar yetgan. Uşbu hujumda Eronning dronlari ham qatnaşgan.

AQŞ Markaziy qömondonligi ma’lumotlariga köra, Eron bilan tört haftalik uruş davomida 300 nafardan ortiq AQŞ harbiylari jarohatlangan.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio uruş yana «ikki haftadan tört haftagaça» davom etişi mumkinligini va uruşdan keyingi asosiy muammo — Eronning Hörmuz böğozidan ötayotgan kemalarga boj (tölov) joriy etişiga yöl qöymaslik bölişini aytdi. U bunday harakatni «noqonuniy» va «dunyo uçun xavfli» deb tavsifladi.

Putindan biznes uçun «uruş soliği»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning yirik tadbirkorlari bilan ötkazilgan yopiq uçraşuvda budjetga ixtiyoriy badallar kiritişni taklif qilmagan, biroq uşbu ğoyani qöllab-quvvatlagan. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.