Ukraina va Saudiya Arabistoni mudofaa vazirliklari mudofaa sohasida hamkorlik töğrisida kelişuvga erişdi. Bu hujjat, jumladan, texnologik şeriklik va investitsiyalar uçun asos böladi, şuningdek Kiyevning xalqaro maydondagi rolini “xavfsizlik donori” sifatida mustahkamlaydi. Bu haqda 27 mart, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Biz öz tajribamiz va tizimimizni Saudiya Arabistoni bilan bölişişga, insonlar hayotini himoya qilişni kuçaytiriş yölida hamkorlik qilişga tayyormiz. Ukrainaliklar beşinçi yildirki, hozirda Eron rejimi Yaqin Şarq va Körfaz mintaqasiga qilayotgani kabi ballistik raketalar va dronlar orqali amalga oşirilayotgan hujumlarga qarşi kuraşmoqda. Saudiya Arabistonida esa Ukraina manfaatdor bölgan imkoniyatlar bor. Bu hamkorlik özaro manfaatli bölişi mumkin”, — deb yozdi 26 martdan buyon Saudiya Arabistonida taşrif bilan bölib turgan Ukraina yetakçisi.
Uning sözlariga köra, mamlakat valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uçraşuvda, jumladan, “Rossiya tomonidan Eron rejimiga körsatilayotgan yordam, yonilği bozorlaridagi vaziyat va ehtimoliy energetik hamkorlik” muhokama qilingan.
Zelenskiy, şuningdek, hamkorlik töğrisidagi hujjat uning bin Salmon bilan uçraşuvidan oldin imzolanganini bildirdi. Ukraina tomonidan tadbirda, xususan, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov, prezident administratsiyasi rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kislitsa va Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Andrey Gnatov iştirok etgan.
AFP agentligi yuqori lavozimli hukumat amaldorlariga tayanib xabar berişiça, kelişuv 26 mart kuniyoq imzolangan. Agentlik manbalaridan biriga köra, “hujjatning mohiyati şundaki, Ukraina Saudiya Arabistoni hukumatiga hozirda yetişmayotgan havo hujumidan mudofaaning barça zaruriy komponentlarini işlab çiqişda yordam beradi”.
Bundan taşqari, agentlik suhbatdoşlaridan biri ma’lum qilişiça, kelişuv “faqat tutib qoluvçi vositalar bilan çeklanmaydi, balki tizimning özi, uni havo hujumidan mudofaaning boşqa tarkibiy qismlari bilan integratsiya qiliş, ukrain tajribasi, sun’iy intellekt va, xususan, Shahed turidagi dronlarga qarşi kuraşiş uçun zarur bölgan ma’lumotlarni tahlil qilişning barça boşqa elementlarini ham qamrab oladi”.
AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanganidan beri, bu mojaro davomida Tehron Yaqin Şarqdagi boşqa davlatlar hududidagi obektlarga ham hujum qilgan bir paytda, Kiyev Eronning Shahed dronlaridan himoyalaniş böyiça yordam taklif qilib kelmoqda. Bu dronlar Ukrainadagi uruşda Rossiya armiyasi tomonidan ham qöllanmoqda.

















