Eron bosqinçilarga zarba berişga tayyor

Eron naşrlari, jumladan, IRNA axborot agentligi mamlakat parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibofning uruşning birinçi oyiga bağişlangan murojaatini e’lon qildi.

Ğolibof Eron rahbariyatining omon qolgan eng nufuzli vakillaridan biri hisoblanadi. Avvalroq u AQŞ bilan uruşni tugatiş böyiça qandaydir aloqalarni saqlab qolgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo uning özi buni rad etgan.

Ğolibof öz murojaatida «duşman muzokaralarga tayyorligini oşkora bildirayotgan bölsa-da, zimdan quruqlikdagi hujumga tayyorgarlik körayotgani» haqida gapirgan. U AQŞ «15 banddan iborat röyxatni taqdim etib, öz talablarini bayon qilayotgani va uruş davomida erişa olmagan narsalariga erişişga intilayotgani»ni ta’kidlagan.

«Eron qöşini Amerika askarlari Eron tuproğiga qadam qöyişini va ularning ustiga olov yoğdirişni kutib turibdi», – degan Ğolibof.

Eron taslim bölişni istisno etgan va Tehronning pozitsiyasi «aniq»ligi hamda mamlakat «kamsitişlar»ni qabul qilmasligini bildirgan.

Mintaqaga Amerikaning yangi kuçlari yetib keldi

Avvalroq AQŞ mintaqaga USS Tripoli harbiy kemasida 3,5 mingga yaqin harbiy yetib kelganini ma’lum qilgandi. Washington Post naşri Pentagon Eronda bir neça hafta davom etişi mumkin bölgan quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik körayotgani haqida yozgan.

Şu bilan birga, Donald Tramp ularni ma’qullaş-ma’qullamasligi hozirça aniq emas. Mart oyi boşida Tramp jurnalistlar bilan uçraşuvda «heç qayerga qöşin yubormasligi»ni aytgan, şu bilan birga, şunday qarorga keladigan bölsa, bu haqda rasman ma’lum qilişini bildirgandi.

USS Tripoli desant kemasi, 17 mart kuni olingan fotosurat. Foto: Reuters

Juma kuni AQŞ davlat kotibi Marko Rubio AQŞ Eronda «quruqlikdagi qöşinlarni jalb qilmasdan» öz maqsadlariga erişa olişini aytib çiqdi. Uning izohlaşiça, Fors körfaziga harbiylarni joylaştiriş Trampga turli variantlarni taqdim etiş uçun möljallangan: «Biz har doim prezidentga... kutilmagan vaziyatlarga javob beriş uçun maksimal imkoniyatlarni taqdim etişga tayyormiz».

Isroil Tehron böylab zarba yölladi