Texnologiya | 18:00
900
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Texnologiya va futbol chorrahasi: HONOR hamda O‘FA o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Hamkorlikning asosiy g‘oyasi – “O‘zbekiston g‘ururi: maydonda va qo‘lda”. Bu bir tomondan, milliy jamoaning maydondagi yutuqlari va fidoyiligi ifodasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, har bir muxlisning kundalik hayotda ushbu g‘ururni his qilishi va uni zamonaviy texnologiyalar orqali ham namoyon eta olishi demakdir.

Foto: HONOR

O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk bor jahon minbariga yo‘l olishi mamlakat sport tarixidagi burilish nuqtasi hisoblanadi. Bu jarayon uzoq yillik mehnat, futbol infratuzilmasining rivoji natijasi bo‘ldi. Murabbiylar malakalari oshirilishi, legioner futbolchilar faoliyati esa terma jamoaning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishiga xizmat qildi.

Mazkur muvaffaqiyat ortida faqat sportchilar emas, butun bir tizim – federatsiya, murabbiylar shtabi, tibbiy guruh va albatta, muxlislar ishonchi turibdi. Shu ma’noda, bugungi natija tasodif emas, uzoq muddatli strategiyaning amaliy samarasi desak adashmaymiz.

Endilikda terma jamoa oldida yanada mas’uliyatli vazifa ko‘ndalang: jahon sahnasida munosib ishtirok etish va mamlakat sha’nini himoya qilish. Bu yo‘lda sport tayyorgarligi bilan bir qatorda zamonaviy texnologiyalar, infratuzilma va xalqaro darajadagi hamkorliklar ham muhim rol o‘ynaydi.

Milliy futbol tarixiy bosqichga qadam qo‘yayotgan bir paytda global texnologik brend – HONOR’ning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi ramziy va strategik ahamiyat kasb etadi.

HONOR va O‘FA hamkorligi kommunikatsiya, identifikatsiya va texnologiya uyg‘unligi kesishgan nuqtada shakllanmoqda. Yevrosiyo mintaqasi marketing bo‘yicha bosh direktori Tan Mingyang ta’kidlaganidek, bugungi kunda O‘zbekiston g‘ururi nafaqat stadionlarda, balki har bir muxlis qo‘lida zamonaviy qurilmalar orqali ham aks etmoqda.

“O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor jahon sahnasiga chiqmoqda va bu butun mamlakat uchun juda katta voqea. HONOR’da biz texnologiya inson uchun ishlashi kerak deb hisoblaymiz. ALPHA rejasi orqali sun’iy intellekt va inson bir-birini to‘ldiruvchi ekotizimni rivojlantiryapmiz. Shu bois, O‘FA bilan hamkorligimiz o‘zgacha mantiqqa ega: milliy terma jamoa inson kuchi va xarakterini ifoda etsa, HONOR uni qo‘llab-quvvatlaydigan texnologiya bo‘ladi”, – deydi Jing Si, HONOR'ning O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish menejeri.

Hamkor tanlash jarayonida asosiy mezon qadriyatlar uyg‘unligi bo‘lgan. Bu haqda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov shunday fikr bildirdi:

“Biz uchun hamkor tanlashda eng muhimi qadriyatlar umumiyligi edi. Ochig‘ini aytsam, tarixiy lahzalarning mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini tushuna oladigan brend kerak edi. HONOR – yangi avlod brendi. U ham xuddi bizning terma jamoamiz kabi, global darajaga chiqish mumkinligini amalda ko‘rsatmoqda”, – deydi Ravshan Ermatov.

Texnologiya futbolni qanday o‘zgartirishi mumkin?

Zamonaviy futbol tobora texnologiyalarga tayanyapti. Videoanalitika, sun’iy intellekt, raqamli platformalar – bularning barchasi o‘yinning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

HONOR bilan hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlar ochishi mumkin:

§ yuqori sifatli foto va videokontent orqali muxlislarga yangi tajriba ulashish;

§ raqamli platformalarda muxlislar bilan aloqani mustahkamlash;

§ milliy jamoa faoliyatini global auditoriyaga zamonaviy formatda taqdim etish.

Tadbir yakunida HONOR’ning yangi N avlodi taqdim etilishi bilan hamkorlik ham e’lon qilindi va Futbol assotsiatsiyasi va jamoaga HONOR N seriyasining yangi avlodi sovg‘a qilindi.

Facebook: fb.com/honoruzbekistan/

Instagram: instagram.com/honoruzbekistan/

Telegram: t.me/HonorUzbekistan

YouTube: youtube.com/@Honor-Uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid