Şanba kuni keçqurun CNN telekanali va Times of Israel gazetasi husiyçilar Isroil böylab ikkinçi raketani uçirgani va urib tuşirilgani haqida xabar berdi.
Naşrlarga köra, bu safargisi qanotli raketa bölgan. Husiyçilar şanbaga ötar keçasi ballistik raketa ham uçirgandi.
Bundan taşqari, husiyçilar Isroil böylab dronlar ham uçirmoqda: Times of Israel va Channel 12 telekanali havo hujumidan mudofaa kuçlari Qizil dengizdagi Eylat portida va kurortda Yamandan uçirilgan dronlar hujumini qaytargani töğrisida xabar bergan.
Şanba kuni ertalab husiyçilar vakili guruh Isroil böylab ballistik raketalar guruhini uçirgani va «muhim harbiy obektlar aniq nişonga olingani», Isroilga qarşi amaliyot «tajovuz yakunlanmaguniça butun qarşilik fronti böylab» davom etişini ma’lum qildi.
Dengiz konserni böylab zarba
Şanba kuni Tehronda yana kuçli portlaşlar röy berdi.
Isroil mudofaa kuçlari boşqa nişonlar qatori Eron dengiz sanoati taşkiloti ştab-kvartirasiga ham zarba bergani haqqida xabar qildi. E’lon qilingan press-relizda aytilişiça, bu konsern (inglizçasiga Marine Industries Organisation) dengiz qurollarining keng assortimentini, şu jumladan suvusti va suvosti kemalarini hamda dengiz dronlarini işlab çiqaradi.
Bu konsern Yevroittifoq, AQŞ, Britaniya va boşqa mamlakatlar tomonidan sanksiyaga uçragan. U Eronning turli qismlarida öz zavodlariga ega.
Jahon agentliklari xabariga köra, Isroil armiyasi press-attaşesi Isroil Eron harbiy sanoatiga zarbalar beriş çastotasini oşirayotgani va "«bir neça kun içida uning barça muhim tarkibiy qismlariga zarbalarni yakunlaş»ni rejalaştirayotganini aytdi.
Eronning bayonotlari
Erondagi davlat naşrlari şanba kuni AQŞning mintaqadagi harbiy nişonlariga muvaffaqiyatli zarbalar berilgani haqida e’lon qilişda davom etdi, amerikaliklar esa bu xabarlar yolğon ekanini ta’kidlaşda davom etmoqda.
Eron boş ştabining «Defa-press» naşri boş ştab press-attaşesi, polkovnik Ibrohim Zulfiqoriyga tayanib, Eron Dubaydagi ikki nuqtaga zarba beriş orqali amerikaliklarga «juda oğir yöqotişlar» yetkazib, 500 ga yaqin kişini öldirgani haqida xabar bergan.
Amerika Markaziy qömondonligi bunga X ijtimoiy tarmoği orqali javob qaytargan: «Dubayda AQŞ şaxsiy tarkibiga zarbalar bölgani yöq. Eron rejimi ularning harbiy salohiyati yöq qilingani va bostirilgani haqidagi rad etib bölmaydigan haqiqatni yaşiriş uçun ijtimoiy tarmoqlarda yolğon töqimoqda».














