Eron ğarbida joylaşgan Xondab şahridagi oğir suv işlab çiqariş zavodi 27 mart kuni berilgan zarba natijasida jiddiy zarar körgan va endi faoliyat yuritmayapti. Bu haqda 29 mart, yakşanba kuni Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) X ijtimoiy tarmoğida, sun’iy yöldoş tasvirlari va obekt haqidagi ma’lumotlarga tayanib xabar qildi. Agentlik, şuningdek, korxonada deklaratsiya qilingan yadroviy materiallar bölmaganini qöşimça qildi.
Eronning davlatga qaraşli Fars axborot agentligi Xondabdagi zavod bombardimon qilinganini xabar qilgan edi. Eron rasmiylari heç kim halok bölmaganini va radioaktiv moddalar tarqalişi yuz bermaganini bildirdi. Keyinroq Isroil harbiylari ham uşbu obektga zarba berilganini tasdiqlab, buni Eron tomonining ötgan yilgi hujumdan keyin uni tiklaşga urinayotgani bilan izohladi.
Xondabdagi zavod bilan bir majmua tarkibiga kiruvçi oğir suv reaktori 2025 yil iyun oyida, AQŞ va Isroilning Eron yadroviy dasturiga qarşi avvalgi harbiy operatsiyasi çoğida ham zarbalarga uçragan edi. Öşanda AEXA uşbu obekt hali töliq qurib bitkazilmagani, şu bois unda yadroviy materiallar bölmaganini ma’lum qilgan.
Oğir suv tarkibida vodorodning oğirroq izotopi mavjud bölgani uçun oddiy suvdan taxminan 10 foizga ziçroq böladi. U yadroviy reaktorlarda neytronlarni sekinlaştiriş uçun, şuningdek, tritiy deb ataluvçi vodorodning radioaktiv izotopini olişda asos sifatida qöllanişi mumkin.
21 mart kuni AQŞ va Isroil Eronning ança maşhur bölgan yana bir yadroviy obekti — Natanzdagi uran boyitiş majmuasiga zarba berdi. Öşanda AEXA obekt atrofida radiatsiya darajasi oşganini qayd etmagan. Eron Atom energiyasi taşkiloti ham radioaktiv moddalar tarqalmaganini va yaqin atrofda yaşovçi aholi uçun xavf yöqligini bildirgan.
Natanz majmuasi uranni boyitişga möljallangan yerusti va yerosti inşootlaridan iborat. Uşbu obektda 10 mingdan ortiq sentrifuga mavjud. AEXA bahosiga köra, Natanzda uran 60 foizgaça boyitilgan. Atom elektr stansiyasini işlatiş uçun 3–5 foiz darajasida boyitilgan material yetarli bölsa, yadroviy bomba yaratiş uçun boyitiş darajasi 90 foizga yetkazilişi kerak.
Xondabdagi reaktor kabi, Natanz majmuasi ham 2025 yil yozidagi Amerika-Isroil operatsiyasi davomida zarbalarga uçragan edi. Öşanda yer ustidagi sentrifugalar yöq qilingan, yer ostidagilar taqdiri esa noaniqligiça qolgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronning asosiy yadroviy obektlari “butunlay vayron qilingani” va ularni tiklaş uçun yillar kerak bölişini aytgan edi.













