“Yaşil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoniga köra, 3 oy muddatda “Yaşil çipta” tizimi joriy qilinadi.
Bunda samolyot, poyezd, metro va taksi yönalişlarida marşrutning karbon izini (ta’sirini) aniqlaş va foydalanuvçilarga marşrutning tabiatga ta’sirini “yaşil çipta” sotib oliş orqali kompensatsiya qiliş imkoni beriladi.
Işlab çiqariladigan, saqlanadigan, içki va taşqi bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulotlar uçun işlab çiqariş, saqlaş va logistika jarayonlaridagi karbon izini hisoblab, xaridorga mahsulotning atrof-muhitga ta’sirini ixtiyoriy ravişda kompensatsiya qiliş imkoniyati yaratiladi.
Karbon izi (ta’siri) Ekologiya qömitasi tomonidan tasdiqlangan qöllanmaga muvofiq avtomatik ravişda aniqlanadi.
“Yaşil çipta” oliş orqali tabiatga yetkazilgan zarar kompensatsiyasidan tuşgan mablağlar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsadli jamğarmasiga ötkaziladi hamda faqat daraxt köçatlarini ekiş va ularni parvarişlaş tadbirlariga yönaltiriladi.

















