AQŞ prezidenti Donald Tramp uruş boşida va keyingi zarbalar natijasida Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy va boşqa köplab yuqori martabali şaxslar öldirilganidan keyin Eronda allaqaçon «rejim özgarişi röy berdi» deb hisoblamoqda.

«Biz işlayotgan odamlar – butunlay boşqa odamlar guruhi… Ular juda professional», – degan Tramp Financial Times’ga bergan intervyusida.

Bundan taşqari, u Eronning yangi oliy rahabri etib saylangan Mujtaba Xominaiy yoki vafot etgani, yoki oğir yaralanganini taxmin qilgan.

«Öğli yoki ölgan, yo juda oğir ahvolda. Biz u haqda umuman heç narsa eşitmadik. U ğoyib böldi», – deydi Amerika prezidenti.

U keyinroq Vaşingtonga uçayotgan samolyot bortida ham jurnalistlarga uşbu sözlarini takrorladi: «Agar körib turgan bölsangiz, rejim özgarişi allaqaçon röy bergan, çunki birinçi rejim yöq qilingan, vayron bölgan, ularning barçasi ölgan. Keyingi rejimdagilarning ham aksariyati öldi, uçinçi rejimda esa biz avval heç qaçon aloqa qilmagan odamlarimiz bilan işlayapmiz. Bu butunlay boşqa odamlar guruhi. Şuning uçun men rejim özgardi deb hisoblayman va töğrisini aytganda, ular juda aqlli odamlar».

AQŞ va Isroilning 28 fevral kuni yöllagan dastlabki zarbalari oqibatida Eronni 1989 yildan buyon boşqarib kelgan Ali Xominaiy halok bölgandi. Mart oyi boşida uning öğli Mujtaba Xominaiy mamlakatning yangi rahbari etib saylangani e’lon qilindi. Ammo u hozirgaça jamoatçilikka köriniş bermadi, mahalliy rasmiylar u dastlabki kunda yöllangan zarbalar oqibatida yaralanganini tasdiqlagan. Ayrim manbalarga köra, ayni vaqtda Moskvaga davolaniş uçun olib ketilgan.

Tramp sönggi haftalarda Eron rasmiylari bilan öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar ötkazilayotganini aytmoqda. OAVda tarqalgan xabarlarga köra, AQŞ bilan muzokaralarni Eron tomondan mamlakat parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof olib bormoqda. Ammo Eron tomoni bu xabarlarni rad etgan.

30 mart kuni Pokiston taşqi işlar vaziri Işoq Dar Misr, Saudiya Arabistoni va Turkiyadan kelgan hamkasblari bilan maslahatlaşuvdan keyin «yaqin kunlar içida» Islomobodda AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar bölib ötişi mumkinligi haqida xabar berdi.