Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Erondagi uruş davom etmoqda

AQŞ prezidenti Donald Tramp yakşanba kungi bayonotida Eronning yangi rahbarlari «juda oqilona» ekanini aytdi. «Öylaymanki, biz ular bilan kelişuvga erişamiz, bunga juda aminman, lekin erişa olmasligimiz ham mumkin», dedi Tramp «Air Force One» bortida.

Trampning aytişiça, oldingi öldirilgan rahbarlardan keyin u Tehronda rejim özgarişiga allaqaçon erişilgan deb hisoblaydi. Biroq ularning örnini bosganlar «oqilona» körinayotganini ikki marta ta’kidladi.

Pokiston taşqi işlar vaziri Is’hoq Dar Islomobodda AQŞ–Eron örtasidagi ehtimoliy muzokaralar bölişini aytdi. «Pokiston yaqin kunlarda ikki tomon örtasida davom etayotgan mojaroni har tomonlama va barqaror hal qiliş uçun mazmunli muzokaralarga mezbonlik qiliş va ularga kömaklaşişdan şaraflanadi», dedi u. Ammo AQŞ va Eron unda iştirok etişga rozi bölgani aniq emas.

Avvalroq AQŞ mintaqaga USS Tripoli harbiy kemasida 3,5 mingga yaqin harbiy yetib kelganini ma’lum qilgandi. OAVlar Pentagon Eronda bir neça hafta davom etişi mumkin bölgan quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik körayotgani haqida yozgan. Şu bilan birga, Donald Tramp uşbu operatsiyani ma’qullaş-ma’qullamasligi hozirça aniq emas.

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof esa, agar AQŞ askarlari joylaştirilsa, Tehron javob qaytarişga tayyorligini aytdi.

«Eron qöşini Amerika askarlari tuproğimizga qadam qöyişini va ularning ustiga olov yoğdirişni kutib turibdi», degan Ğolibof.

U Eron taslim bölişni istisno etdi va Tehronning pozitsiyasi «aniq»ligi hamda mamlakat «kamsitişlar»ni qabul qilmasligini bildirdi.

Isroil esa Vaşington va Tehron örtasidagi har qanday ehtimoliy muzokaralar oldidan Eronga qarşi hujumlarni kamaytiriş niyati yöqligini va zarbalar berişda davom etişini aytdi.

Xususan, Isroil harbiylari yakşanba oqşomigaça bölgan 24 soat içida Eronning markaziy va ğarbiy qismlariga, jumladan, Tehronga 140 dan ortiq havo zarbalari bergan. Hujumlarda ballistik raketalarni uçiriş maydonçalari va saqlaş omborlari nişonga olingan.

Eron davlat OAV zarbalar Mehrobod aeroporti va şimoliy Tabriz şahridagi neft-kimyo zavodiga tekkanini xabar qildi.