Prezident Şavkat Mirziyoyev 31 mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Qayd etilganidek, 2025 yil yakunlari böyiça viloyat yalpi hududiy mahsuloti 85,4 trillion sömni taşkil etib, ösiş sur’ati 8,2 foizga yetgan. Sanoat mahsulotlari hajmi 40,1 trillion sömni, xizmatlar hajmi 56,3 trillion sömni taşkil qilgan. Viloyatga 3,3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, eksport hajmi 916 million dollarga yetgan.
Davlat rahbari jahon bozoridagi beqaror vaziyat şaroitida Namanganda iqtisodiy ösiş sur’atlarini saqlab qoliş va yangi “ösiş nuqtalari”ni işga soliş muhimligini ta’kidladi. Şu munosabat bilan 2026 yilda viloyat rahbariyati oldiga iqtisodiyotni 9,2 foizga, sanoatni 9 foizga, xizmatlarni 16,3 foizga, qişloq xöjaligini 6,8 foizga oşiriş, turizm eksportini esa 1,7 barobar köpaytiriş vazifasi qöyildi. Xorijiy investitsiyalar hajmini 5 milliard dollarga, eksportni 1,2 milliard dollarga olib çiqiş vazifasi belgilandi.
Yil yakunigaça işsizlikni 3,5 foizga, kambağallikni 2,5 foizga tuşiriş, Namangan şahri, Davlatobod, Yangi Namangan, Namangan, Kosonsoy, Norin va Uyçi tumanlarini işsizlik va kambağallikdan xoli hududlarga aylantiriş zarurligi körsatib ötildi.

Yiğilişda sun’iy intellekt asosida hududiy salohiyatni çuqur tahlil qiliş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Norin tumani misolida bu yil investitsiyani ikki karra, sanoatni 10,4 foizga va eksportni 35 foizga oşiriş imkoniyatlari aniqlangani aytildi. Endi uşbu yondaşuvni viloyatning barça tumanlariga tatbiq etiş topşirildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş bugungi şaroitda eng dolzarb masalalardan biri ekani qayd etildi. Şu bois, viloyatda kam samarali 2,5 ming gektar boğlar örnida zamonaviy intensiv boğlar taşkil qiliş va 8 ming gektar yerni özlaştiriş vazifasi qöyildi. Bu orqali qöşimça daromad manbalari va yangi iş örinlari yaratiladi.
Yiğilişda yirik investitsiya loyihalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining “Sabzazor” massivida umumiy qiymati 547 million dollarlik 15 ta loyihani töliq amalga oşiriş uçun qöşimça elektr podstansiyasi quriş zarurligi körsatib ötildi. Hozirgaça bu yerda 215 million dollarlik 7 ta loyiha işga tuşgan.
Şuningdek, qiymati 20 million dollar bölgan zamonaviy IT-park binosini barpo etiş taklifi bildirildi. Uşbu loyiha axborot texnologiyalari sohasiga xalqaro kompaniyalarni jalb qiliş, yangi iş örinlari yaratiş, hududda raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, elektron tijorat va startap ekotizimini jadal rivojlantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.












