“Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida quriliş obektlarida ekologik talablar kuçaytirilmoqda. Bu – 14 mart kungi prezident farmonida nazarda tutilgan.

Hujjatga asosan, 2026 yil 1 iyundan boşlab quriliş obektlarida (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno):

  • fon monitoring stansiyalari bilan jihozlaş va Ekologiya qömitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qiliş;
  • onlayn nazorat qiliş uçun quriliş maydoni böylab va çiqiş nuqtalarida onlayn kameralar örnatiş hamda bu kameralarni Ekologiya qömitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qiliş.
  • huquqbuzarlik sodir etgan quriliş taşkilotlarining “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini kamaytiriş;
  • loyiha-smeta va şaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan ötkazişda majburiy ravişda ekologik ekspertiza xulosasini taqdim etiş;
  • yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 metr kvadratdan ortiq bölgan bino va inşootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyihalaştirişda ularga tutaş hududlarning kökalamzorlaştiriş (daraxtlar, butalar, boşqa ösimliklar va nihollarni ekiş) maydonlari loyiha uçun ajratiladigan yer uçastkalari umumiy maydonining 30 foizidan kam bölişiga yöl qöymaslik tartibi joriy etiladi.

Farmonga asosan, bundan buyon ekologik va quriliş ekspertiza xulosalari olinişida “şamol guli” koridorlari harakatlanişini inobatga oliş majburiy hisoblanadi.

Hududlarning boş rejalari loyihalarida “şamol guli” koridorlari harakatlanişini inobatga olgan holda “şamol yölaklari” tasdiqlanadi.

Hujjatga binoan, jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan daryo va soylar özanini tozalaş jarayonida yoki noqonuniy ravişda