O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi PF-32-sonli Farmoni asosida Toshkentning Yangi Qumariq mahallasida (mo‘ljal: mahalliy aeroport) barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” turar joy majmuasida qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Loyiha doirasida sakkizta blokni joriy yilning ikkinchi choragi oxirida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu esa mingdan ortiq xonadon egalariga yoz fasligacha yangi uyga ko‘chib kirish imkonini beradi. Kun.uz muxbiri qurilish maydonchasiga borib, kompaniya tomonidan topshirilgan uylar, yashash uchun hozirlangan sharoitlar hamda infratuzilma bilan tanishdi.

14 gektarlik loyiha: 4 gektar uy-joy, qolgan hudud – infratuzilma

Loyiha umumiy hisobda 14 gektar maydonni qamrab oladi. Shundan 4 gektari ko‘p qavatli uy-joylarga ajratilgan bo‘lsa, qolgan hududlar bolalar maydonchalari, yashil zonalar, maktab, bog‘cha, poliklinika va boshqa infratuzilma uchun mo‘ljallangan.

Quruvchi kompaniya vakillarining aytishicha, hudud avtomobilsiz ichki hovli konsepsiyasi asosida rejalashtirilgan: yerosti avtoturargohi ikki qavatli bo‘lib, uzunligi 170 metr, eni qariyb 30 metrni tashkil etadi.

“Ichki hovlilar avtomobillardan xoli bo‘ladi. Bu, avvalo, bolalar xavfsizligi va ekologik muhit uchun muhim. Avtomobillar ikki qavatli yerosti avtoturargohiga joylashtiriladi. Shu tariqa hovlida shovqin va harakat kamroq bo‘ladi, ota-onalar farzandlarini bemalol o‘ynashga qo‘yishi mumkin. Maqsadimiz faqat kvadrat metr sotishdan iborat emas, aholi xonadon bilan birga yashash madaniyati, qulay infratuzilma va xavfsiz muhitni ham xarid qilishi kerak”, – deydi “TowerUp” kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Jasurjon Sagatov.

Qurilish sifati: kompaniya zavodi, M350 markali beton

Kompaniya bosh muhandisi Anvar Qayumovning ta’kidlashicha, obekt qurilishi hozirda 95 foizga bajarilgan. Fasad ishlari deyarli yakunlangan, derazalar to‘liq o‘rnatilgan, muhandislik tarmoqlari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.

Asosiy konstruksiyalarda kompaniyaning o‘z beton zavodida ishlab chiqarilgan M350 markali beton qo‘llangan. Fasad qismida ventilyatsiyalangan tizim ishlatilgan, keng formatli keramik plitkalar esa maxsus buyurtma asosida olib kelingan. Jumladan,