Donald Tramp yordamçilariga AQŞning Eronga qarşi harbiy kampaniyasini Hörmuz böğozi yopiqligiça qolgan taqdirda ham yakunlaşga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozmoqda The Wall Street Journal prezident ma’muriyati vakiliga tayanib.
Manbalarga köra, sönggi kunlarda Tramp va uning maslahatçilari Hörmuz böğozini oçiş böyiça amaliyot tört-olti haftalik muhlatdan oşib ketadi, degan xulosaga kelişgan.
Naşrning yozişiça, prezident Eron flotini zaiflaştiriş va raketa dasturini yöq qilişni AQŞning asosiy maqsadlari sifatida belgilagan.
Bu maqsadlarga erişilganidan keyin esa Tramp hozirgi harbiy harakatlarni töxtatişni, şu bilan bir vaqtda erkin savdoni tiklaş uçun Tehronga diplomatik bosim ötkazişni rejalaştirmoqda. Agar bunga erişilmasa, Vaşington böğozni oçiş masalasini Yevropadagi ittifoqçilar hamda Fors körfazi mamlakatlariga qoldiradi.
Naşr manbalarining ta’kidlaşiça, Tramp harbiy variantlarni ham körib çiqişi mumkin, biroq ular hozirda uning ustuvor vazifasi emas.
«Böğoz qançalik uzoq vaqt yopiq qolsa, bu jahon iqtisodiyotini şunçalik kuçli beqarorlaştiradi va benzin narxini oşiradi. Köplab mamlakatlar, şu jumladan, AQŞ ittifoqçilari ham bir vaqtlar böğoz orqali tösiqsiz ötgan energiya resurslari yetkazib berilişining pasayişidan zarar körmoqda. Oziq-ovqat yetiştiriş uçun öğitlarga yoki kompyuter çiplarini işlab çiqariş uçun geliyga boğliq bölgan tarmoqlar taqçillikni boşdan keçirmoqda», – deya ta’kidlaydi WSJ.
Tramp va uning jamoasidagilar fikriça, Hörmuz böğozi AQŞdan köra Yevropa, Yaqin Şarq va Osiyo mamlakatlari uçun muhimroq hisoblanadi. Sönggi haftalar davomida Vaşingtondagi ma’muriyat vakillari ittifoqçilar hamda hamkorlarga böğozning oçilişini ta’minlaydigan muzokaralar yoki amaliyotlarga tayyorgarlik körişni sörab murojaat qilişdi, deb yozadi The Wall Street Journal.
30 mart kuni Tramp AQŞ «yangi va nisbatan aqlliroq rejim» bilan Erondagi harbiy amaliyotni yakunlaş böyiça jiddiy muzokaralar olib borilayotganini aytib, yana bir bor agar Hörmuz darhol oçilmaydigan bölsa, «Eron elektr stansiyalarini yer yuzidan supurib taşlaş» bilan tahdid qildi. The Wall Street Journal naşri 31-dengiz piyodalari ekspeditsiya korpusi allaqaçon mintaqaga yetib kelganini qayd etgan. Hududga 82-havo-desant diviziyasi bölinmalari ham taşlangan, bundan taşqari, Tramp yana 10 ming harbiy yuboriş imkoniyatini körib çiqmoqda.













