Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Erondagi uruş davom etmoqda

Rasmiy Vaşington Tehron rahbariyati bilan töğridan töğri muzokaralar ötkaziş va hatto kelişuvga erişilmagan taqdirda ham mojaroni töxtatiş imkoniyatlariga işora qilmoqda.

«Mening qiladigan yagona işim — Eronni tark etiş va biz buni juda tez orada amalga oşiramiz», dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarga. «Biz juda yaqin orada çiqib ketamiz. Bu jarayon balki ikki hafta, balki uç hafta içida yuz berişi mumkin», deya qöşimça qildi u.

AQŞ operatsiyasini töxtatişi uçun muvaffaqiyatli diplomatiya şartmi, degan savolga Tramp: «Eron kelişuv tuzişga majbur emas, yöq», dedi.

Bundan avval AQŞ agar Tehron 15 banddan iborat rejani qabul qilmasa, operatsiyalarni kuçaytiriş bilan tahdid qilgandi. Uşbu rejaning asosiy talablari orasida Eronning yadroviy qurolga intilmaslik majburiyati, uranni boyitişni töliq töxtatiş va Hörmuz böğozini töliq qayta oçiş bandlari bor.

Oq uyning bildirişiça, Tramp çorşanba kuni «Eron böyiça muhim yangiliklarni yetkaziş uçun» xalqqa murojaat qiladi.

Marko Rubio esa tomonlar örtasida «qaysidir pallada» uçraşuv ötkaziş imkoniyati borligini va AQŞ «marra çiziğini körayotganini» aytdi. «Bu bugun emas, ertaga ham emas, lekin u yaqinlaşmoqda», dedi u.

AQŞning bayonotlariga qaramay, çorşanba kuni erta tongda har ikki tomondan hujumlar davom etmoqda. Kuvayt xalqaro aeroportidagi yoqilği baklariga dronlar zarbasi natijasida kuçli yonğin kelib çiqdi. Bahrayn rasmiylari esa Eron hujumi oqibatida noma’lum kompaniyada yonğin çiqqanini ma’lum qildi.

Eron davlat matbuoti AQŞ—Isroil havo hujumlaridan söng Tehronning bir neça hududlarida portlaşlar eşitilgani va havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşganini xabar qildi. Şuningdek, Bandar-Abbos portida joylaşgan Eronning eng yirik yölovçi terminali – Şahid Haqqoniy porti tunda havo hujumiga uçradi.

Eron Inqilobiy gvardiyasi çorşanba kunidan boşlab mintaqadagi AQŞ kompaniyalariga qarşi yangi tahdid bilan çiqdi. Röyxatga 18 ta korxona, jumladan, Microsoft, Google, Apple, Intel, IBM, Tesla va Boeing kiritilgan bölib, ular yaqin vaqtlardan boşlab nişonga olinişi aytilgan.