Özbekistonda poyezd keçikkani uçun yölovçilarga pulli kompensatsiya tölaş tartibi belgilanmoqda. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, sönggi vaqtlarda qömitaga kelib tuşayotgan murojaatlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarda temiryölda yölovçi poyezdlarining belgilangan jadvaldan keçikişi, jönab ketişi keçikkani yoki manzilga keç yetib kelgani holatlari yuzasidan e’tirozlar bildirilgan. 2025 yil davomida mazkur masala böyiça qömitaga 51 ta murojaat kelib tuşgan.

“Jumladan, fuqaro M.X. tomonidan qoldirilgan murojaatda “Toşkent–Buxoro–Toşkent” yönalişi böylab harakatlanuvçi “Şarq” poyezdlari doimiy ravişda 40 daqiqadan 1 soatgaça keçikib kelayotgani, şuningdek, çiptalarda poyezd kelişi haqidagi töğri ma’lumot körsatilmagani ta’kidlangan. Bunday holatlar yölovçilarning şaxsiy iş rejalari va ularni kutib oluvçilar rejalariga ham ta’sir körsatişi qayd etilgan.

Mazkur masala böyiça normativ huquqiy hujjatlardagi tartiblar örganilganda, taşuvçining aybi bilan poyezd keçikkan hollarda yölovçilarga pulli kompensatsiya tölaş tartibi belgilanmagani aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Şunga köra, qömita tomonidan taşuvçining aybi bilan poyezd keçikkan hollarda yölovçilarga pulli kompensatsiya tölaş tartibini joriy etiş yuzasidan Transport vazirligiga sörov yuborilgan. Sörovga javoban Transport vazirligi ayni paytda “Özbekiston Respublikasi temiryöl transportida yölovçilar, bagaj va yuk bagaj taşiş qoidalari”ning yangi tahriri işlab çiqilayotganini bildirgan.

Qayd etilişiça, poyezd keçikkan hollarda mahalliy yönalişlardagi oddiy va tezyurar poyezdlarda yölovçilarga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya tölaş belgilanmoqda:

  • 15-30 daqiqa keçikkani uçun yölkira qiymatining 15 foizi miqdorida;
  • 31-60 daqiqa keçikkani uçun yölkira qiymatining 25 foizi miqdorida;
  • 61-120 daqiqa keçikkani uçun yölkira qiymatining 50 foizi miqdorida;
  • 121 daqiqadan ortiq keçikkani uçun yölkira qiymatining 100 foizi miqdorida.

Ma’lumot uçun, yuqoridagi tartib hozirda faqat “Afrosiyob” poyezdlari keçikişi uçun mavjud edi.

Avvalroq “Özbekiston temiryöllari” aksiyadorlik jamiyati mamlakat içida qator yölovçi poyezdlari çiptalari narxini oşirgandi