Özbekistonda avtomototransport vositasini röyxatdan ötkaziş haqidagi guvohnoma endi 5 yil muddatga beriladi. Bu – 30 mart kuni imzolangan hukumat qarorida közda tutilgan.
Ma’lumot uçun, amaldagi “texpasport”larda berilgan sanasi körsatilgan, lekin amal qiliş muddati körsatilmagan.
Avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnomani beriş uçun tölov miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 70 foizi (hozirda 288 400 söm) deb belgilangan. Uşbu tölov amal qiliş muddati tugagan guvohnomani yangilaşga nisbatan ham tatbiq etiladimi, bu haqda ma’lumot berilmadi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2024 yil 1 aprelga qadar avtotransport vositalarini röyxatdan ötkaziş va qayta röyxatdan ötkaziş tölovi bazaviy hisoblaş miqdorining 10 foizi bölgan. 2024 yil 1 apreldan e’tiboran bu stavka 68 barobargaça oşirilgan: elektromobillar, mototsikllar va tirkamalarni röyxatdan ötkaziş va qayta röyxatdan ötkaziş uçun BHMning 1,5 barobari, qolgan barça avtotransport vositalari uçun esa BHMning 6,84 barobari deb belgilangan.
2024 yil 6 maydan boşlab esa, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototsikllar va tirkamalarni qayta röyxatdan ötkaziş tölovi avvalgi darajasiga qaytarilgan: BHMning 10 foizi deb belgilangan. Röyxatdan ötkaziş tölovi esa (aksariyat avtomobillar uçun 6,84 BHM, elektromobil va mototsikllar uçun 1,5 BHM) oşirilganiça qolgan.
Röyxatdan ötkaziş va qayta röyxatdan ötkaziş uçun belgilangan tölovlar – yangi “texpasport” va davlat raqami belgilarini berişni öz içiga olmaydi. “Texpasport” uçun yuqorida aytilganidek 0,7 BHM, avtoraqam uçun esa kamida 3,5 BHM tölov undiriladi.












