AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi yaqin ikki-uç hafta içida yakunlanişi mumkin. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp 1 aprel, çorşanbaga ötar keçasi Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot çoğida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Eron rahbariyati bilan kelişuv tuzilmagan taqdirda ham Eronga qarşi hujumlar töxtatiladi.

“Ularda rejim almaşdi. Bu mening rejalarimga kirmagan edi. Mening bitta maqsadim bor edi — ularda yadroviy qurol paydo bölişining oldini oliş, va bu maqsadga erişildi. Biz işni yakunlayapmiz va menimça, bu, ehtimol, ikki hafta, balki yana bir neça kun köproq vaqt olişi mumkin. Ammo biz ularda bor bölgan barça narsani yöq qilmoqçimiz”, — deya Trampning sözlarini CNN telekanali keltirgan.

AQŞ prezidenti, agar kelişuvga erişilsa, uruş bundan ham ertaroq tugaşi mumkinligini istisno qilmadi. Uning ta’kidlaşiça, Eron hukumati bunday kelişuvni “juda xohlamoqda”. Biroq, Trampning fikriça, umuman olganda, kelişuvga erişiladimi-yöqmi — “buning ahamiyati yöq”.

Prezidentning aytişiça, Amerika va Isroil hujumlari boşlanganidan keyin Eron tomonidan, jumladan, Yevropa kemalari uçun taşkil etilgan Hörmuz böğozi blokadasi boşqa davlatlar uçun muammo bölişi kerak, ammo AQŞ uçun emas.

“Agar Fransiya yoki boşqa biror davlat neft yoki gaz olmoqçi bölsa, ular Hörmuz böğozi orqali ötib, özlari öz xavfsizligini ta’minlasin. Böğozda sodir bölayotgan işlar bizga taalluqli emas”, — dedi u.

Prezident, şuningdek, Yaqin Şarqdagi uruş va Hörmuz böğozining blokadasi oqibatida neft narxlari 50 foizga keskin kötarilganini ham izohladi. Trampning fikriça, AQŞ Eronga qarşi hujumlarni “juda tez orada” töxtatişi bilanoq “narxlar keskin tuşib ketadi”.

28 fevraldan buyon AQŞ va Isroil Eron hududiga havo zarbalari bermoqda. Bu hujumlar natijasida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy hamda bir qator yuqori lavozimli amaldorlar va kuç tuzilmalari vakillari halok bölgan.

Eron esa javob tariqasida Isroil va Fors körfazi mamlakatlariga raketa va dronlar bilan hujum qilmoqda. Islom Respublikasi bayonotlariga köra, arab davlatlariga qilingan hujumlarning asosiy nişonlari mintaqadagi Amerika harbiy bazalari hisoblanadi.

Eron zarbalari ostida Fors körfazidagi bir qator mamlakatlarda joylaşgan neft omborlari va neft taşuvçi tankerlar ham qolgan. Bundan taşqari, uruş boşlanganidan beri Eron hujumlaridan Ozarboyjon va Yevropa Ittifoqiga a’zo Kipr ham jabr körgan.