Stenford (AQŞ) universiteti zamonaviy Xitoy davlati asosçisi Mao Tszedun sobiq kotibining kundaliklarini saqlaşi mumkin. Bu haqda Kaliforniya (AQŞ) sudi qaror çiqardi, deb xabar berdi BBC.
Umrining sönggi yillarida Xitoy Kommunistik partiyasini (XKP) tanqid qiliş bilan tanilgan yuqori martabali amaldor Li Rui hozir qimmatli tarixiy yozuvlar hisoblangan kundaliklarni qunt bilan yuritgan.
Li kundaliklarini uning qizi Stenfordga sovğa qilgan. Ammo uning ölimidan söng, bevasi hujjatlarni Pekinga qaytariş uçun sudga murojaat qildi. Stenford bu işni Xitoy hukumati senzurasiga qarşi kuraş sifatida rasmiylaştirdi, u kundaliklarning qonuniy egasi ekanini va agar ular qaytarilsa, yozuvlar taqiqlanişini ta’kidladi.
31 mart kuni sud Stenforddagi Huver institutiga qilingan xayr-ehson «qonuniy va Lining xohişiga mos» degan qarorga keldi.
Aniqlanişiça, Li Rui «Xitoy Kommunistik partiyasi öz kundaligini maxfiylaştirişi, senzura qilişi, tahrirlaşi yoki yöq qilişi mumkin» deb hisoblagan va ularni «Xitoydan olib çiqib ketiş va Huverga sovğa qiliş maqsadida» qiziga topşirgan.
Sud qarori «zamonaviy Xitoy tarixi haqidagi eng qimmatli hikoyalardan biri örganiş uçun mavjud bölişini kafolatlaydi», dedi AQŞ sobiq davlat kotibi, hozir Huver instituti direktori Kondoliza Rays.
Hujjatlar orasida Li 1938 yildan 2019 yilgaça yuritgan kundaliklar, XKP boşqaruvining katta qismini qamrab olgan yozişmalar, uçraşuvlar bayonnomalari, uning faoliyatiga oid qaydlar, şe’rlar va fotosuratlar mavjud.
Uning kundaliklari maşhur bölib, u Tyananmen maydonidagi qirğinni balkondan kuzatgan guvohning «Qora dam oliş kunlari» deb nomlangan hikoyasini ham öz içiga oladi. Bu Xitoyda kamdan-kam muhokama qilinadigan juda nozik masala. Uning hikoyasida aytilişiça, askarlar maydonda töplangan namoyişçilarga qarata öq uzgan, zirhli texnika namoyişçilar tomonidan qurilgan barrikadalarni vayron qilgan, maydon atrofidagi binolarni, jumladan, u joylaşgan binoni öqqa tutgan.
Islohotçilik qaraşlari bilan tanilgan XKP taniqli arbobi Li partiya oqsoqoli sifatida hurmatga sazovor bölgan, ammo rahbarlarni, jumladan, rais Si Jinpingni şafqatsiz va keskin tanqid qilgani uçun yolğizlanib qolgan. Uning asarlari senzuraga uçradi, kitoblari esa Xitoyda taqiqlandi.
Uning qizi Li Nanyan 2014 yilda, u hali tirik bölganida, hujjatlarini Stenfordga topşira boşladi. 2019 yilda uning ölimidan söng, bu otasining istagi ekanini aytdi.












