Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
NASA fazogirlari Oy tomon yöl oldi
1 aprel kuni tört nafar fazogir NASA'ning «Artemis II» missiyasi doirasida parvozni boşladi. Bu Oy atrofidagi öta muhim sayohat bölib, insonni Oy yuzasiga qaytariş yölidagi eng dadil qadam hisoblanadi.
«Orion» ekipaj kapsulasi örnatilgan Space Launch System raketasi Floridadagi «Kennedi» koinot markazidan öt oldi. U özining ilk ekipaji – uç nafar amerikalik va bir nafar kanadalik fazogirni Yer orbitasiga olib çiqdi.
Agar missiya rejalaştirilganidek davom etsa, NASA fazogirlari qariyb 10 kunlik ekspeditsiya davomida Oy atrofida aylanib uçadi va ortga qaytadi. Bu jarayonda ular insoniyat ilgari heç qaçon yetib bormagan koinot qa’riga — qariyb 406 000 km içkariga boradi.
NASA administratori Jared Ayzekman uşbu parvoz muqaddima ekanini, bu missiyalar «Oy yuzasida doimiy mavjudlikni» qöllaş va Oy bazasini qurişni öz içiga olişini aytdi.
Ön yildan köproq tayyorgarlikdan söng amalga oşirilgan uşbu dasturda har bir parvozning qiymati 4 milliard dollar atrofida bölib, u ösib boruvçi xarajatdir.
Uşbu missiya NASAʼning Oy yuzasiga insonni qöndirişi uçun hal qiluvçi «boş repetitsiya» vazifasini ötaydi. NASA 2028 yilda fazogirlarning tarixdagi ilk bor Oyning Janubiy qutbiga qönişini amalga oşirmoqçi. Maqsad Xitoyning 2030 yilda öşa hududga rejalaştirilgan missiyasini ortda qoldiriş.
Fazogirlar oxirgi marta AQŞ tomonidan amalga oşirilgan 1972 yildagi «Apollon» missiyasida Oyda bölgandi.
Endilikda milliarderlar Ilon Mask va Jyeff Bezos kompaniyalari NASA fazogirlarini Oy yuzasiga qöndiradigan modullarni işlab çiqiş uçun poygalaşmoqda.
Tramp amerikaliklarga murojaat qildi
Donald Tramp çorşanba oqşomida televideniye orqali çiqiş qilib, AQŞ harbiylari Erondagi maqsadlariga deyarli erişganini aytdi, ammo uruşni tugatiş böyiça aniq muddatlarni keltirmadi.
«Hamma kuzirlar bizning qölimizda, ularda esa heç narsa yöq», dedi Tramp Oq uydan turib xalqiga qilgan murojaatida. U Eronning boyitilgan urani maqomi va Hörmuz böğozi kabi hal etilmagan masalalarni yuzaki tilga olib ötdi. Uning sözlariga köra, uruş tugagaç, böğoz «tabiiy ravişda» oçiladi.











