“Dunyo” axborot agentligi xabar qilişiça, Özbekiston fuqarosi R.Z. 2020 yilda işlaş maqsadida Sankt-Peterburg şahriga kelgan. 2020–2025 yillar davomida u uç farzandli bölgan, ammo murakkab hayotiy şaroit tufayli bolalarning tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalari öz vaqtida rasmiylaştirilmagan.
Şu bois, voyaga yetmaganlarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan va bu holat ularni vaqtinça davlat muassasasi qaramoğiga oliş hamda ixtisoslaştirilgan muassasaga joylaştirişga sabab bölgan.
Özbekistonning Sankt-Peterburgdagi Boş konsulxonasi vaziyatga aralaşib, hamyurtlar huquqlarini himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirgan. Jumladan, diplomatlar tomonidan bolalarning şaxsi va qarindoşlik aloqalarini tasdiqlovçi hujjatlar tayyorlanib, tegişli idoralar bilan tuşuntiriş işlari olib borilgan.
Mazkur iş Sankt-Peterburgning Vasileostrovskiy tuman sudida körib çiqilgan. Sud jarayonida Boş konsulxona xodimlari fuqaro manfaatlarini himoya qilib, bolalarni oila bağriga qaytariş zarurligini asoslab bergan.
Sud ijobiy qaror qabul qilganidan söng, ona va uning uç farzandi Özbekistonga qaytarildi.












