Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
Rossiya samolyoti mashg‘ulot parvozi chog‘ida tasodifan ikkita o‘quv snaryadini tashlab yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi 31 mart kuni Kant aviabazasida joylashgan Su-25 samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, Rossiya qiruvchi samolyotlarining o‘quv-mashg‘ulot parvozlarini to‘xtatdi, deb xabar berdi 24.kg.
Mashg‘ulot parvozi chog‘ida Rossiya samolyoti tasodifan ikkita o‘quv snaryadini tashlab yuborgan. Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi «ikkita o‘quv o‘q-dorisining ruxsatsiz tashlanishi» sodir bo‘lganini ta’kidladi. Bo‘sh snaryadlar yalanglikka tushgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar bo‘lmadi.
Hodisa sabablari aniqlangunga qadar o‘quv-mashg‘ulot parvozlari to‘xtatildi. Tegishli tekshiruv Qirg‘iziston harbiy prokuraturasi tomonidan boshlangan. Bundan tashqari, Rossiya Havo-kosmik kuchlari qo‘mondonligi yaqin vaqt ichida respublikaga yetib keladigan maxsus komissiya tayinlashga qaror qildi.
Qirg‘iziston OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Issiqko‘l tumani Sari-Qamish qishlog‘ining yuqori qismidagi dalalar ustida sodir bo‘lgan. Snaryadlar tushishi oqibatida yerda radiusi 2-3 m bo‘lgan ikkita chuqurcha hosil bo‘lgan.
Rossiya aviabazasi Qirg‘izistonning Chuy viloyati, Kant shahrida joylashgan. Bu yerda Su-25SM samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari joylashtirilgan.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55 / 02.07.2026