Buyuk Britaniyaning Financial Times gazetasi 1 aprel, çorşanba kuni uç nafar xabardor manbaga tayanib yozişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa Hörmuz böğozini oçişga yordam bermasa, Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatiş bilan tahdid qilgan. Manbalarga köra, Oq uy rahbari Ukraina uçun ustuvor xaridlar dasturi (PURL) faoliyatini töxtatib qöyiş bilan qörqitmoqda. Uşbu dastur doirasida Yevropa davlatlari AQŞdan qurol sotib olib, uni Kiyevga topşiradi.

Bundan avval Washington Post gazetasi Pentagon Ukraina Qurolli kuçlari uçun möljallangan muhim harbiy uskunalarni Eronga qarşi uruş ehtiyojlariga yönaltiriş imkoniyatini körib çiqayotganini xabar qilgan edi. Şu bilan birga, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 28 mart kuni NATO davlatlari Ukraina uçun xarid qilgan qurollar Yaqin Şarqqa yönaltirilmayotganini aytgan, ammo bunday ehtimolni ham istisno qilmagan.

Öz navbatida, Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi Birlaşgan Arab Amirliklari AQŞ va uning ittifoqçilariga Hörmuz böğozini kuç bilan oçişda yordam berişga tayyorlanayotganini yozdi. Agar bu röy bersa, BAA Eronga qarşi jang harakatlariga kirişgan Fors körfazidagi birinçi davlatga aylanadi. AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset 31 mart kuni Eronga quruqlik qöşinlari yuborilişi ehtimolini ham istisno qilmagan.

Buyuk Britaniya şu hafta 35 davlat iştirokida muzokara ötkazib, jang harakatlari töxtagandan keyin Hörmuz böğozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlaş uçun koalitsiya şakllantiriş masalasini muhokama qiladi. Financial Times 1 aprel kuni tört nafar xabardor manbaga tayanib xabar berişiça, taşqi işlar vazirlari uçraşuvida aniq çoralar — tijorat kemalarini harbiy kemalar kuzatuvida ötkaziş, böğozni minalardan tozalaş va Eronning ehtimoliy hujumlaridan himoya qiliş masalalari körib çiqiladi.

Şu bilan birga, harbiylar uçraşuvi ham rejalaştirilgan bölib, unda dengiz kuçlarining ehtimoliy harakat variantlari muhokama qilinadi. Muzokaralarda Fransiya, Niderlandiya va Fors körfazi davlatlari ham qatnaşişi kutilmoqda.

Hozirgaça Yevropa davlatlari Donald Trampning öz harbiy-dengiz kuçlarini Hörmuz böğoziga yuboriş haqidagi çaqiriqlarini rad etib kelgan. Financial Times manbalariga köra, ular Tramp özi yuzaga keltirgan muammoni hal qilişga yordam berişni istamagan. Biroq energetika inqirozining kölami va Trampning NATOdagi ittifoqçilarni doimiy tanqid qilişi ularni öz pozitsiyasini qayta körib çiqişga majbur qilgan.

Şu bilan birga, uşbu koalitsiya NATO missiyasi doirasida harakat qilmaydi va Şimoliy Atlantika alyansiga a’zo bölmagan davlatlar uçun ham oçiq böladi.