«Xalq bilan birga» umummilliy dasturining taqdimoti bölib ötdi va unga rasmiy start berildi. Loyiha taqdimotida partiya Siyosiy kengaşi a’zolari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, mahalliy kengaş deputatlari, tadbirkorlar, yoşlar, xotin-qizlar, jamoatçilik faollari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Ta’kidlanişiça, mazkur taşabbus ijtimoiy yönaltirilgan siyosatni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bölib, kambağallikka qarşi kuraşiş, ehtiyojmand qatlamlarni qöllab-quvvatlaş hamda inson qadrini uluğlaş tamoyillarini amaliyotga keng joriy etişni nazarda tutadi.
Dastur uçun alohida yöl xaritasi işlab çiqilgan. Unga köra, 2026 yil davomida 10 ta ustuvor yönaliş böyiça turli yönalişdagi aksiyalar ötkaziladi. Şuningdek, dasturga 50 mingdan ortiq tadbirkor jalb etilişi, 1,5 milliondan ziyod fuqaro turli körinişdagi yordam bilan qamrab olinişi rejalaştirilgan.

Uyma-uy örganiş mexanizmi joriy etiladi
Loyiha doirasida aholi bilan işlaşning yangi tizimli mexanizmlari yölga qöyiladi. Jumladan, «Yurakka yöl» aksiyasi orqali uyma-uy yurib, 1 milliondan ortiq xonadonning holati örganiladi.
Jarayonda partiya faollari, deputatlar, tadbirkorlar hamda hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etib, ehtiyojmand oilalar aniqlanadi va ularga manzilli yordam körsatiş böyiça aniq çora-tadbirlar işlab çiqiladi.
Bundan taşqari, hududlarda 10 dan ortiq mobil ştab faoliyati işga tuşirilib, ular tomonidan respublika böylab 200 dan ortiq sayyor qabullar taşkil etiladi. Uşbu qabullarda fuqarolarning murojaatlari tinglanadi, muammolarni joyida hal qiliş çoralarini köriş, zarur hollarda qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiladi.

Mahalla bilan hamkorlik kuçaytiriladi
«Mahalla yettiligi» hamda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş vazifasi ham dasturdan örin olgan. Hududlarda 50 ta davra suhbati, 100 dan ortiq muhokamalar, 50 ta oçiq muloqot, 10 ta konferensiya hamda 25 ta yirik aksiya taşkil etilişi belgilangan.









