Eron harbiylari mamlakat markaziy qismida AQŞning yana bir F-35 qiruvçi samolyotini urib tuşirganini e’lon qildi.
Eronning Mehr naşri havodagi kuçli portlaş sababli uçuvçi omon qolgani dargumon ekani haqida yozgan.
Tehron 19 mart kuni ham xuddi şunday samolyotni yöq qilganini va F-35’ni urib tuşirgan ilk davlatga aylanganini da’vo qilgandi.
NourNews agentligi Islom inqilobi muhofizlari korpusi jangçilari qidiruv amaliyoti çoğida Amerikaning urib tuşirilgan F-35 qiruvçi samolyoti uçuvçisini topgani va qölga olişgani haqida xabar berdi.
Naşr ma’lumotiga köra, korpus qiruvçi uçuvçisi örindiği suratini namoyiş etgan.

IRNA agentligi xabar qilişiça, uçuvçi katapulta qilişga ulgurgan. Şundan keyin AQŞ harbiylari Black Hawk vertolyotlari va C-130 Hercules samolyoti orqali uni qidirişni boşlagan. Havoda Eron kuçlari bilan jang ham bölib ötgan.
Sabereen News eronlik harbiylar AQŞ harbiylariga Huziston yaqinida «oğir zarar yetkazgani»ni xabar qilgan.
Axios ma’lumotiga köra, gap Eron naşrlari yozganidek F-35 emas, balki F-15 samolyoti haqida ketmoqda.













