Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Tramp Eronga zarbalarni kuçaytirdi

AQŞ va Isroilning qöşma havo hujumi boşlanganidan beri deyarli beş hafta ötgan bölsa-da, Erondagi uruş butun mintaqada tartibsizlikni yoyişda va moliya bozorlarini larzaga keltirişda davom etmoqda.

Donald Tramp sönggi kunlarda öz ritorikasini kuçaytirdi, çunki Eronning yangi rahbarlari bilan vositaçilar orqali olib borilayotgan muzokaralar juda kam siljiş körsatmoqda.

«AQŞ harbiylari Eronda qolgan narsalarni yöq qilişni hali boşlagani ham yöq. Navbatda köpriklar, keyin esa elektr stansiyalari», deb yozdi Tramp payşanba kuni keçqurun. Şuningdek, u Eron rahbariyati «nima qiliş kerakligini biladi va buni TEZDA amalga oşirişi kerak!» deb qöşimça qildi.

Tramp avvalroq AQŞ Tehron va Karaj örtasida yangi qurilgan köprikni bombardimon qilayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan edi. Uşbu B1 köprigi şu yili oçilişi rejalaştirilgan edi. Eron ma’lumotlariga köra, AQŞ hujumi oqibatida 8 kişi halok bölgan va 95 kişi yaralangan.

«Fuqarolik inşootlariga, jumladan, qurib bitkazilmagan köpriklarga zarba beriş – eronliklarni taslim bölişga majbur qila olmaydi», dedi Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi.

Payşanba kuni amerikalik 100 dan ortiq xalqaro huquq ekspertlari AQŞ kuçlarining harakatlari «xalqaro inson huquqlari va xalqaro humanitar huquqning buzilişi, jumladan, ehtimoliy uruş jinoyati böyiça jiddiy xavotir uyğotayotganini» ma’lum qildi.

Ekspertlar tomonidan imzolangan maktubda, xususan, Trampning AQŞ Eronga «şunçaki köngilxuşlik uçun» zarbalar berişi mumkinligi haqidagi izohi qayd etilgan. Şuningdek, unda Pentagon rahbarining mart oyidagi AQŞ «jangovar harakatlarning ahmoqona qoidalari» bilan uruşmasligi haqidagi sözlari keltirilgan.

Körfaz davlatlari esa özini himoya qiliş huquqini saqlab qolişlarini aytsa-da, sönggi bir oy davomida Eronning takroriy hujumlariga harbiy javob qaytarişdan tiyilib turibdi. Ular vaziyatning yanada halokatliroq bölgan – katta uruşga aylanib ketişidan qoçişga harakat qilmoqda.

Uruş boşlanganidan beri Yaqin Şarq böylab minglab odam halok böldi va ön minglab kişi yaralandi.