Mazkur körgazma Yevropadagi yirik tarmoq tadbirlaridan biri bölib, unda 1500 dan ortiq kompaniya iştirok etdi, 30 mingdan ziyod mutaxassis taşrif buyurdi. Unda oziq-ovqat va içimliklar işlab çiqaruvçilari, eksportyorlar, distribyutorlar hamda riteyl tarmoqlari vakillari qatnaşdi. Özbekiston uşbu körgazmada Savdo-sanoat palatasi va “Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ kömagida iştirok etdi.

E’tiborlisi, mazkur körgazmada nafaqat davlat va moliyaviy institutlar, balki hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ham bevosita iştirok etdi. Xususan, Xorazmdagi “Fayz Baraka Xorazm” hamda “Bahrombek agro eksport” MÇJ rahbarlari körgazmada qatnaşib, özlari yetiştirgan limon mahsulotlarini namoyiş etdi. Bu ularga nafaqat eksport bozorlariga çiqiş, balki xalqaro tajriba bilan tanişiş va yangi hamkorlar topiş imkonini yaratdi.

Qayd etiş lozimki, bunday yondaşuv — ya’ni işlab çiqaruvçilarning töğridan töğri xalqaro maydonga çiqişi — mahalliy biznesni rivojlantirişda muhim omil hisoblanadi. Bu esa öz navbatida, hududiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va eksport geografiyasini kengaytirişga xizmat qiladi.

Şuningdek, sönggi yillarda Özbekistonda limonçilik sohasini rivojlantirişga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Issiqxona xöjaliklarini kengaytiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş hamda eksportbop mahsulot yetiştirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Uşbu çora-tadbirlar natijasida limonçilik asta-sekin eksportga yönaltirilgan muhim tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda.

Mazkur jarayonlarda tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş işlari amalga oşirilmoqda. Bank tomonidan issiqxona xöjaliklarini taşkil etiş, işlab çiqariş hajmini kengaytiriş hamda eksportbop mahsulot yetiştirişga qaratilgan loyihalarni moliyalaştiriş orqali sohaning rivojlanişiga hissa qöşilmoqda.

Hududlardagi aniq loyihalar bunga misol böla oladi. Xorazm viloyatida joylaşgan “Fayz baraka Xorazm” MÇJda 6 gektar maydonda limon yetiştirilib, yiliga yuzlab tonna hosil olinmoqda. Loyihani kengaytiriş orqali işlab çiqariş hajmini sezilarli darajada oşiriş va eksport uluşini köpaytiriş rejalaştirilgan.

Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Bahrombek agro eksport” MÇJ tomonidan esa zamonaviy issiqxonalarda “Toşkent F1” navli limon yetiştirilmoqda. Korxonada mahsulotni saqlaş va logistika tizimi yölga qöyilgan bölib, bu içki va taşqi bozorlarga uzluksiz yetkazib beriş imkonini bermoqda.