3 aprel kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qator hududlarida sezildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi
Soat 15:26 da kuzatilgan yer silkinishi Toshkentdan 296 km janubi-sharqda joylashgan. Magnitudasi 5,5, chuqurligi 10 km.
Zilzila O‘zbekiston viloyatlarida quyidagicha sezildi:
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 140 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 200 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 203 km;
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 234 km;
- Toshkent viloyatida 2 ball, 257 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 269 km.








