Yangi mexanizmga köra, tomonlar özaro kelişuvga erişgaç, xaridor yoki uning vakili bankka murojaat qiladi va bitim böyiça ariza topşiradi. Uşbu arizada taraflarning şaxsiy ma’lumotlari, şartnoma obekti, kelişilgan summa va bank rekvizitlari körsatiladi. Şundan söng bank xaridor nomiga eskrou hisobvaraq oçadi. Bu hisobvaraq oddiy hisobdan farqli ravişda pul mablağlarini vaqtinça saqlaş uçun möljallangan bölib, undagi mablağlar faqat belgilangan şartlar bajarilgandan keyingina boşqa tomonga ötkaziladi.

Bitta oldi-sotdi şartnomasi uçun bitta eskrou-hisobvaraq oçiladi va uni banklarning mobil ilovalari orqali ham rasmiylaştiriş mumkin.

Hisobvaraq oçilgaç, xaridor kelişilgan summani töliq uşbu hisobvaraqqa kiritadi. Agar kelişuvda bölib tölaş nazarda tutilgan bölsa, u holda hisobvaraqqa kelişilgan summaning faqat bir qismini kiritiş ham mumkin.

Xaridor eskrou-hisobni naqd pulda (bank kassalari orqali) yoki naqdsiz şaklda töldirişi mumkin. Agar bitim kredit asosida moliyalaştirilayotgan bölsa, kredit beruvçi bank bu haqda notariusga elektron tarzda ma’lumot yuboradi va şartnoma tasdiqlangaç, kredit mablağlari ham avtomatik ravişda sotuvçiga ötkaziladi.

Mablağ eskrou-hisobga kiritilgaç, tomonlar notariusga murojaat qiladi. Notarius faqat hujjatlarni tekşiriş asnosida, xaridor tomonidan pul mablağlari haqiqatan ham kiritilganini elektron tizim orqali sörov yuboriş orqali tekşiradi. Bunda notarius bankka sörov yuboriş orqali eskrou hisobvaraqdagi mablağlar töğrisidagi ma’lumotni real vaqt rejimida oladi. Agar hisobvaraqda yetarli mablağ mavjud bölmasa, yoki u yopilgan bölsa, şartnoma tasdiqlanmaydi.

Şartnoma tasdiqlangaç, notarius bu haqda bankka elektron xabar yuboradi va şundan keyin eskrou hisobvaraqdagi pul mablağlari avtomatik tarzda sotuvçining hisobvarağiga ötkaziladi. Bu jarayon inson omilisiz, dasturiy tarzda amalga oşiriladi va mablağlar, qoida tariqasida, şu kunning özida yoki keyingi iş kunida sotuvçiga yetib boradi.

Sotuvçi öz xohişiga köra mablağni bank kassasidan naqd şaklda olişi ham mumkin.

Agar biron sababga köra şartnoma tasdiqlanmay qolsa, xaridor öz mablağlarini eskrou hisobvaraqdan qaytarib oladi.

Eskrou-hisoblarga xizmat körsatiş böyiça davlat banklari (Milliybank, Agrobank, SQB, Asakabank, Xalq banki, BRB, Aloqabank, Mikrokreditbank va Turonbank)da komissiyalar miqdori