Özbekistonning Hindistondagi elçisi Sardor Rustamboyev Shayana Farm kompaniyasi raisi Aşok Kumar Tivari bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda hind kompaniyasining Özbekistondagi mavjud va istiqbolli loyihalari muhokama qilindi. Kompaniya mamlakat farmatsevtika tarmoğida qariyb 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qayd etilişiça, 2017 yilda Toşkent şahrida 4 million dollar investitsiya hisobiga işga tuşirilgan Will Med Farm korxonasi ayni paytda mamlakatda ommabop «Kyupen» preparatini işlab çiqariş böyiça yetakçi korxonalardan biri hisoblanadi.

Şu bilan birga, Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan Tashkent Pharma Park innovatsion klasteri hududida qiymati 21 million dollar bölgan yangi zamonaviy zavod qurilmoqda. Tomonlar uşbu loyiha doirasida investitsiya hajmini yana 6 million dollarga oşiriş imkoniyatini ham muhokama qildi.

Hindistonlik tadbirkor farmatsevtika bilan çeklanib qolmasdan, qişloq xöjaligi sohasida ham hamkorlikni yölga qöyiş niyatida ekanini bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, Özbekiston agrar sektorda katta salohiyatga ega bölib, bu yerda yetiştiriladigan mahsulotlarga Hindistonda talab yuqori.

Kompaniya ayni paytda Özbekistondan quruq mevalar, dukkakli mahsulotlar va şifobaxş kavrak ösimligini eksport qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Şuningdek, Hindistonda bodomga bölgan talab yuqori ekani inobatga olinib, Namangan viloyatida bodom yetiştirişga qaratilgan investitsiya loyihasi ham işlab çiqilmoqda.

Uçraşuvda hind kapitali Özbekistonni uzoq muddatli işlab çiqariş va texnologik ösiş uçun işonçli maydon sifatida körayotgani ta’kidlandi.