Texnologiya | 19:43 / 04.04.2026
1526
1 daqiqa o‘qiladi

May oyida "Samarqand 2028" sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi kutilmoqda

"Samarqand 2028" sun’iy yo‘ldoshi Xitoyning StarVision kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: Shutterstock

Joriy yilning may oyida "Samarqand 2028" sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Uzcosmos agentligi.

Agentlik xabariga ko‘ra, bu haqda Toshkentda o‘tgan Space Technology Conference 2026 xalqaro anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, "Samarqand 2028" sun’iy yo‘ldoshi Xitoyning StarVision kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Uzcosmos agentligining eslatishicha, o‘tgan yili tomonlar sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy va texnologik integratsiyani kuchaytirish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolagan.

“Mazkur ikki tomonlama aloqalarning amaliy ifodasi esa Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilgan giperspektral sun’iy yo‘ldoshga “Samarqand 2028” nomi berilgani bo‘ldi. Mazkur loyiha o‘zaro hamkorlik doirasidagi eng muhim tashabbuslardan biridir”, deyiladi agentlik xabarida.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid