44 yillik tanaffusdan söng, 2017 yilda Samarqandga tramvay qaytdi. Bugun u nafaqat Özbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda yagona tramvay tizimi hisoblanadi. Şu jihatdan u oddiy transport emas, balki ramzga aylangan. Biroq bu ramz faqat nostalgiya emas — u har kuni minglab odamlar hayotini yengillaştirayotgan transport vositasidir.

Samarqandda tramvay tarixi ança avval boşlangan. Ilk liniya 1907 yilda oçilgan, 1947 yilda esa elektr tramvay rasman işga tuşirilgan. Ammo 1973 yil 28 avgust kuni bu harakat töxtatilgan. Liniyalar buzilgan, depo yopilgan. 2017 yilda bu tarix yana davom etdi. Samarqand tramvaylarida yaqin tarixda Toşkentda faoliyatini yakunlagan “haydovçi amakilar”ni körişimiz mumkin.

Bugun Siyob bozoridan temiryöl vokzaligaça bölgan yölda şu “qaytiş”ni aniq his qiliş mumkin. Vagon içida sokinlik va tartib hukm suradi. Çexiyada işlab çiqarilgan VARIO LF tramvaylari keng va qulay. Ayniqsa talabalar, yoş bolali oilalar va keksa insonlar uçun bu transport ança yengillik yaratmoqda.

Yölovçilarning aytişiça, tramvay şahardagi eng barqaror va işonçli jamoat transportiga aylangan. Köpçilik yangi yönalişlari yölga qöyilişini kutmoqda.

Tramvay ortida turgan odamlar taqdiri esa alohida hikoya. Masalan, haydovçilar orasida Toşkentdan kelib işlayotganlar ham bor. Ulardan biri — Ravşan Alimov. U 1995 yilda tramvay haydovçisi sifatida faoliyatini boşlagan.

“Şu kasb ortidan farzandlarimni uyli-joyli qildim, öqitdim. Bu menga ota kasb — otam ham tramvay haydovçisi bölgan. Ikki kun iş, bir kun dam. Yigirma kunda bir uyga borib kelaman, beş-olti kun oilam bilan bölaman. Toşkentda tramvay töxtaydi, deb öylamagan edik. Şu sohani yaxşi körganimiz uçun yetti-sakkiz kişi Samarqandga kelib işlayapmiz”, - deydi u.

Hozirda Samarqand şahridagi Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qiliş direksiyasida 76 nafar xodim mehnat qiladi. Tramvaylar “Temiryöl vokzali – Sattepa maskani” va “Temiryöl vokzali – Siyob bozori” yönalişlarida harakatlanib, kuniga örtaça 9-10 ming yölovçiga xizmat körsatmoqda.

Kelgusida Kimyogarlar qörğonidan temiryöl vokzaligaça yangi yönaliş oçiş rejalaştirilgan. Buning uçun yana 14 ta vagon xarid qilinişi kutilmoqda.

Siyobdan vokzalgaça bölgan bu qisqa sayohat bir narsani aniq körsatdi: tramvay Samarqand uçun ötmiş yodgorligi emas. U — bugungi ehtiyoj hamdir. Şahar nafasini yengillaştirayotgan, odamlarni manzilga oson va tartibli yetkazayotgan öziga xos jarayon deyiş mumkin.