Toşkent şahrida duatlon böyiça Özbekiston çempionati hamda International Tashkent Marathon – 2026 tadbirlari ötkazilişi munosabati bilan ayrim köçalarda transport vositalari harakati ma’lum vaqt oraliğida çeklanadi.



Ma’lum qilinişiça, 5 aprel kuni soat 02:00 dan 13:00 gaça Beşyoğoç köçasi (Furqat köçasidan Islom Karimov köçasigaça), Afrosiyob köçasi (Islom Karimov köçasidan Şarof Raşidov köçasigaça va Şarof Raşidov köçasidan Şahrisabz köçasigaça), Şarof Raşidov köçasi (Afrosiyob köçasidan Islom Karimov köçasigaça), Şahrisabz köçasi (Afrosiyob köçasidan Amir Temur şohköçasigaça), Oybek köçasi (Şahrisabz köçasidan Nukus köçasigaça), Nukus köçasi (Oybek köçasidan Istiqbol köçasigaça) hamda Abdulla Qodiriy köçasi (Istiqbol köçasidan Abay köçasigaça)da transport harakati vaqtinça çeklanadi.
Mas’ullar haydovçilardan uşbu çeklovlarni inobatga olişni, tirbandliklarning oldini oliş maqsadida muqobil yönalişlardan foydalanişni va harakatni oldindan rejalaştirişni söramoqda.











