Eronning AQŞ bilan kelişuv tuzişi uçun 48 soat vaqti qoldi, deb ma’lum qildi prezident Donald Tramp.
«Eslang, men kelişuv tuziş yoki Hörmuz böğozini oçiş uçun Eronga ön kun vaqt berganman. Vaqt tugamoqda — ularning boşiga dözax kuni tuşişiga 48 soat qoldi», — deb yozdi Amerika prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Avvalroq u «Eron hukumati iltimosiga köra» elektr stansiyalarni vayron qiliş vaqtini 10 kunga çözib turişini aytgandi.
Ön kunlik muddat 6 aprel kuni tugaydi.
Tramp mart oxirlarida Eron bilan muzokaralarda oldinga siljiş bölganini ma’lum qilgan, ammo Eron tomoni bu iddaoni rad etgandi.













