Rossiya ilgari Ukrainaning NATOga qöşilişiga qarşi çiqib kelgan bölsa, hozir bu pozitsiya Yevropa Ittifoqiga nisbatan ham kengaymoqda. Dmitriy Medvedev tomonidan bildirilgan fikrlar bu yönalişdagi qaraşlar oçiqroq aytila boşlaganini körsatadi. Şu tariqa, Ukraina masalasida Rossiyaning munosabati faqat harbiy ittifoqlar bilan çeklanmay, uning Yevropa bilan integratsiyasining boşqa şakllarini ham qamrab olayotgani kuzatilmoqda.

Mavzu muhokamasi – Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida.

Rossiya nima uçun ilgari özi rozi bölgan, toqat qilgan Yevropa Ittifoqi kengaşini endi xavf sifatida köryapti?

Anvar Yöldoşev: Avvallari Yevropa Ittifoqi aniq iqtisodiy taşkilot sifatida qabul qilinar edi. Rossiya ham unga asosan iqtisodiy tuzilma sifatida qarar, şu sababli uning kengayişiga keskin qarşi çiqmas edi. Biroq hozir vaziyat özgargan. Yevropa Ittifoqi tobora harbiylaşib bormoqda va ayrim jihatlari bilan NATO körinişiga yaqinlaşmoqda.

A’zo davlatlarning harbiy xarajatlari oşib, mudofaa sohasi kuçaytirilmoqda. Şu fonda, agar Ukraina ham Yevropa Ittifoqiga qöşilsa, u ittifoq içida eng katta harbiy tajribaga ega davlatlardan biriga aylanişi mumkin. Bu holat Rossiya manfaatlariga zid. Çunki u nafaqat NATO, balki Yevropa Ittifoqining ham harbiylaşuvini xavf sifatida körmoqda. Şu sababli Moskva endilikda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişiga ham keskin qarşi çiqmoqda.

Şuningdek, bu jarayonda içki siyosiy omillar ham bor. Masalan, Vengriyada Viktor Orban, Slovakiyada Robert Fitso kabi yetakçilar Ukrainaga nisbatan ehtiyotkor yoki salbiy pozitsiyada turibdi. Bu esa Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi va unga ajratiladigan moliyaviy yordam masalasini murakkablaştirmoqda.

Oldin Rossiya Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş masalasida nisbatan betaraf edi. Ammo bugungi kunda ittifoqning harbiylaşuvi va ritorikasining özgarişi bu pozitsiyani tubdan özgartirdi.

Agar kelajakda AQŞ NATOdagi rolini kamaytirsa yoki undan çiqsa, Yevropa davlatlari özining alohida harbiy tizimini yaratişga majbur bölişi mumkin. Bu esa Yevropa Ittifoqining nafaqat iqtisodiy, balki harbiy taşkilotga aylanişiga olib keladi. Bunday ssenariy esa Rossiya uçun yanada katta xavf sifatida baholanmoqda.

Kamoliddin Rabbimov: Bu masalada bir neçta muhim nuqtalar bor. Birinçidan, Dmitriy Medvedev hozirça Rossiyaning rasmiy davlat pozitsiyasini emas, köproq şaxsiy fikrini bildirmoqda. Agar bu bayonotni Vladimir Putin yoki boşqa yuqori martabali rasmiy aytganida, uni davlatning aniq pozitsiyasi sifatida qabul qilgan bölardik.