Saida Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, uçraşuv Mar-a-Lagoda bölib ötgan. Unda tomonlar özaro muloqotni davom ettiriş va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Uçraşuvda AQŞ prezidenti Donald Trampning kenja qizi Tifani Tramp va uning turmuş örtoği Maykl Bulos ham iştirok etdi.

Saida Mirziyoyeva samimiy qabul va mehmondöstlik uçun çin dildan minnatdorligini bildirgan. Şuningdek, bölib ötgan suhbatni mazmunli va konstruktiv muloqot sifatida yuqori baholagan.

Saida Mirziyoyeva yaqin kunlarda Vaşingtonda ham samarali uçraşuvlar ötkazilişiga umid bildirgan.

Mar-a-Lagodagi uçraşuv va Vaşingtondagi ehtimoliy muloqotlar Özbekiston va AQŞ örtasidagi aloqalarni yanada faollaştiriş nuqtai nazaridan ahamiyatli ekani qayd etilmoqda. Bu kabi uçraşuvlar ikki tomonlama munosabatlarda siyosiy va diplomatik muloqotni mustahkamlaşga xizmat qiladi.