Uçraşuv Amerika–Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi faoliyati rasman boşlanişi arafasida bölib ötdi. Tomonlar mazkur tuzilma ikki mamlakat örtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlaşda samarali platformaga aylanişiga işonç bildirdilar.

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, investitsiyalarni jalb qiliş hamda özaro manfaatli loyihalarni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilganidek, Özbekiston va Qöşma Ştatlar örtasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişda davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi muhim omil bölib xizmat qilmoqda.

Işbilarmonlik dasturi doirasida uçraşuvlar davom etmoqda.