Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Trampning tahdidlari davom etmoqda
Yaqin Şarqdagi uruş davom etmoqda: seşanba kuni Eron va Isroil özaro zarbalar almaşdi; Tehron Hörmuz böğozini qayta oçişni va AQŞ prezidenti Donald Trampning öt oçişni töxtatiş kelişuvini qat’iyan rad etdi.
Rejadan xabardor manbaga köra, Eron Pokiston vositaçiligidagi AQŞ taklifini rad etgan. Uşbu taklif zudlik bilan öt oçişni töxtatiş, böğozning amaldagi blokadasini bekor qiliş va şundan söng 15-20 kun içida keng kölamli tinçlik bitimi böyiça muzokaralar ötkazişni közda tutgandi.
IRNA rasmiy axborot agentligi xabar berişiça, Eronning javobi 10 ta banddan iborat bölib, ular mintaqadagi mojarolarga barham beriş, Hörmuz böğozi orqali xavfsiz ötiş protokoli, sanksiyalarni bekor qiliş va qayta tiklaş işlarini öz içiga oladi.
Duşanba kuni Tramp: «Butun mamlakat bir keçada yöq qilinişi mumkin va öşa tun ertaga bölişi ehtimoldan xoli emas», dedi. U agar Tehron belgilangan muddatgaça rozi bölmasa, Eron infratuzilmalarini yöq qilişga va’da berdi.
Trampning aytişiça, kelişuvga erişilmasa — çorşanba kuni yarim tungaça «Erondagi har bir köprik yakson qilinadi» va «Erondagi har bir elektr stansiyasi işdan çiqadi, yonadi, portlaydi va boşqa heç qaçon foydalanilmaydi».
Diplomatik aytişuvlardan taşqari, real janglar ham töxtamayapti. Seşanba kuni erta tongda Isroil harbiylari Tehron va boşqa hududlardagi Eron hukumati infratuzilmasini nişonga oldi.
Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi özining şarqiy mintaqasiga yönaltirilgan ballistik raketalarni tutib qolganini, parçalari energetika obektlari yaqiniga tuşganini bildirdi.
Rasmiylarning ma’lum qilişiça, uruş boşlaganidan beri Saudiya Arabistoni Eronning yuzlab raketa va dronlari hujumiga uçradi, ularning aksariyati tutib qolingan.
Seşanba kuni neft narxi bir barrel uçun 110 dollarga kötarildi. Çunki Tramp belgilagan muddat yaqinlaşmoqda va Hörmuz böğozining oçiliş istiqbollari deyarli körinmayapti. Bu Tehron uçun kuçli muzokara vositasi bölib çiqdi va ular buni qöldan boy bermoqçi emas.











