Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, adib, şoir, publitsist va tarjimon Qamçibek Kenja 80 yoşida vafot etdi, deya xabar bermoqda Yozuvçilar uyuşmasi.

Qamçibek Kenja 1946 yil 15 avgustda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Gurkurov qişloğida tuğilgan, ToşDUning (hozirgi ÖzMU) filologiya fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyatini «Özbekiston madaniyati» (hozirgi «Özbekiston adabiyoti va san’ati») gazetasida boşlab, keyin Izboskan tumani «Paxtakor» gazetasida adabiy xodim, bölim mudiri bölib işlaydi, maktablarda öqituvçilik qiladi.
1980 yildan esa Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi badiiy adabiyotni tarğib etiş byurosining Andijon viloyatidagi vakili böladi.

1983 yildan Yozuvçilar uyuşmasi nasr kengaşida adabiy maslahatçi lavozimida faoliyat körsatgan. 1985–2006 yillarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Andijon viloyati bölimining mas’ul kotibi böladi. Şu bilan birga, 1996–2015 yillarda «Xolis» ijtimoiy-ma’rifiy gazetasiga boş muharrirlik qiladi.

Şoir va adibning turli yillarda 30 dan ziyod şe’riy va nasriy asarlari, sayohatnomalari çop etilgan. Unga 2014 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining faxriy professori ilmiy unvoni berildi.

Uning «Soğinç» (1975) dastlabki şe’riy töplami, «Yaşil barg» birinçi hikoyalar töplami naşr etilgan, «Köngil köçalari» (1979), «Işqing tuşsa» (1981), «Orzumandlar» (1982), «Notaniş gul» (1986), «Toğ yölida bir oqşom» (1987), «Sohildagi suv parisi» (1993), «Qizil gullar» (1995), «Sohibjamol ayol siri» (1996), «Kulgibaxş umr» (1997), «Boburiylardan biri» (2000), «Baxt quşi yoki uşalgan orzular» (2001), «Xamir uçidan patir yoxud kulça hikoyalar» (2005), «Saylanma» (1-kitob, 2006) kabi nasriy va şe’riy asarlar yozgan.

Safarnomalar yozgan («Hind soriğa», «Buyuklar izidan» va boşqalar) va Puşkin, Heyne, Petefi, Bryusov kabi şoirlarning asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.

Qamçibek Kenja «Şuhrat» medali, «Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi», «Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.