AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qurol yetkazib beradigan mamlakatlar Qöşma Ştatlarga import qilinadigan barça mahsulotlarga zudlik bilan 50 foizlik bojlar joriy etilişiga duç kelişini ma’lum qildi. Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi postida ma’lum qildi.

«Eronga harbiy texnika yetkazib beruvçi davlatlar bugundan boşlab AQŞga kiradigan barça tovarlarga darhol 50 foizlik boj solinadi. Heç qanday istisno bölmaydi!», deb yozdi u.

Tramp özining boşqa postida AQŞ Eron bilan tariflar va sanksiyalarni yumşatiş böyiça muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, tinçlik şartnomasining 15 bandidan köpi allaqaçon kelişilgan.

Amerika yetakçisining qöşimça qilişiça, Eron «juda samarali rejim almaşinuvini boşdan keçirgan». Uning fikriça, Tehron endi uranni boyitiş bilan şuğullanmaydi, AQŞ esa «çuqur kömilgan yadroviy çangni (uranni) qazib oladi va yöq qiladi».

«U [uran] juda sinçkov sun’iy yöldoş kuzatuvi (Kosmik kuçlar!) ostida edi va hozir ham şunday», deb qöşimça qildi u.

Eslatib ötamiz, AQŞ va Eron örtasida öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvga 8 aprelga ötar keçasi, Trampning Eron sivilizatsiyasini yöq qiliş bilan tahdid qilgan ultimatumi muddati tugaşidan bir neça soat oldin erişilgan edi. 10 aprel kuni Pokiston poytaxti Islomobodda AQŞ va Eron delegatsiyalari örtasida muzokaralar bölib ötişi kutilmoqda.

Trampning aytişiça, AQŞ sulhga rozi bölgan, çunki Tehron Hörmuz böğozini «butunlay, zudlik bilan va xavfsiz» oçişga tayyorligini bildirgan. Eron Milliy xavfsizlik oliy kengaşi öt oçişni töxtatişga roziligini tasdiqladi, biroq Tehron hali ham AQŞ tajovuziga javob berişga tayyorligini ta’kidladi.