Isroil Livanga qarşi ommaviy zarbalar berişda davom etmoqda. Isroil armiyasi vakili 8 aprel, çorşanba kuni ma’lum qilişiça, ön daqiqa içida Livan poytaxti Bayrutda, şuningdek mamlakatning şarqiy va janubiy hududlarida Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan «Hizbulloh» harakatiga tegişli 100 dan ortiq qömondonlik markazlari va harbiy bazalarga zarba berilgan. Hujumda qariyb 50 ta Isroil qiruvçi samolyoti iştirok etgan.
Livan xavfsizlik xizmatlaridagi manbalar 150 dan ortiq zarba haqida xabar berdi, ularning köpçiligi Bayrutda qayd etilgan. Isroil armiyasi ma’lumotiga köra, hujum nişoniga aylangan «Hizbulloh» infratuzilmasining katta qismi turar joy hududlarida joylaşgan bölgan. Isroil armiyasi matbuot kotibi Nadav Şoşanining aytişiça, «Hizbulloh» endi Livanning ilgari uning tayanç hududlari hisoblanmagan joylarida ham harakat qilmoqda.
Öz navbatida, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats videomurojaatida buni 2024 yil sentabridan beri «Hizbulloh»ga qarşi eng ommaviy zarba deb atadi. Öşanda Livanda bir vaqtning özida minglab peyjyer va ratsiyalar portlagan, oqibatda önlab odam halok bölgan va minglab kişilar yaralangan edi. Qurbonlarning aksariyati guruh a’zolari bölgan.
Livan Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, kamida 89 kişi halok bölgan, 700 dan ortiq odam jarohat olgan, odamlar hali ham vayronalar ostida qolmoqda. Livan Qizil Xoç jamiyati 100 dan ortiq tez yordam maşinasi yöllarda yaralanganlarni şifoxonalarga olib ketayotganini ma’lum qildi. Livan Soğliqni saqlaş vazirligi yirik tirbandliklar tufayli fuqarolarni tez yordam maşinalari uçun yöllarni böşatişga çaqirdi.
Livan boş vaziri Navof Salom Isroil hujumlari aholi ziç yaşaydigan turar joylarga ham tekkani va bir neçta hududda, ayniqsa Bayrutda qurolsiz tinç aholi ölimiga sabab bölganini bildirdi.
Livanga zarbalar AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi doirasida joriy etilgan ikki haftalik öt oçişni töxtatişga qaramay amalga oşirilmoqda. Isroil hukumati sulhni qöllab-quvvatlaşini, ammo bu kelişuv Livandagi «Hizbulloh»ga qarşi kuraşga taalluqli emasligini ma’lum qildi. AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni Eron uruşidagi sulh Livanga tatbiq etilmasligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
«Biz Livandagi vaziyatni özgartiriş va şimol aholisiga tahdidni bartaraf etiş uçun Eron va Livandagi harbiy harakatlar maydonlarini ajratib körişda qat’iy turdik», — dedi mudofaa vaziri Kats. «Hizbulloh» rahbari Naim Qosim haqida gapirar ekan, Kats Isroil uni «Eronni qöllab-quvvatlab Isroilga hujum qilgani uçun “Hizbulloh” juda yuqori badal tölaşidan» ogohlantirganini qöşimça qildi.

















