Hukumat qarori bilan «Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga oliş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, nazorat tadbirlari soliq organi rahbari yoki rahbar örinbosarining soliq tekşiruvini ötkaziş töğrisidagi buyruği asosida videotasvirga olinadi.

Soliq organi tomonidan ötkaziladigan nazorat tadbirlarida quyidagilar videotasvirga olinadi:

- soliq soliş obektlarini hisobga oliş;

- xronometrajni közdan keçiriş;

- soliq tölovçi işçi va xodimlarining haqiqiy soni hamda soliq hisobotidagi aks ettirilgan işçi va xodimlar soniga muvofiqligini tekşiriş;

- nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qöllaş;

- savdo va xizmat körsatiş qoidalariga rioya etilişi va boşqalar.

Nazorat tadbiri soliq tölovçilarning qonuniy faoliyatini töxtatib qöymaydigan va faoliyat körsatişiga ziyon yetkazmaydigan tarzda videotasvirga olinadi.

Nazorat tadbiri natijasi böyiça tuzilgan dalolatnomada tadbir jarayonini videotasvirga oliş moslamasi (qurilmaning rusumi va seriya raqami), videotasvirga olingan holatlar töğrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.