AQŞ Eron bilan öt oçişni töxtatiş masalasini muhokama qilar ekan, Tehronga Isroilning Livan hududiga hujumlarini töxtatiş böyiça heç qanday va’da bermagan. Bu haqda AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Devid (Jyey Di) Vens 8 aprel, çorşanba kuni Budapeştda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
«Menimça, bu yerda ança asosli tuşunmovçilik yuz bergan, — deb Vensning sözlarini keltiradi The Hill naşri. — Eronliklar öt oçişni töxtatiş kelişuvi Livanni ham öz içiga oladi, deb öylagan, ammo bu unday emas. Biz heç qaçon bunday va’da bermaganmiz».
Vitse-prezidentning sözlariga köra, Isroil ayni paytda muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanişini kafolatlaş uçun Livanda «ma’lum darajada özini tiyiş»ni amalda taklif qilgan.
Vensning bayonoti Isroilning Livanga qarşi uruş boşlanganidan beri eng yirik hujumlardan biri haqidagi xabarlardan keyin yangradi. Bu zarbalar AQŞ prezidenti Donald Tramp e’lon qilgan, Eron bilan erişilgan ikki haftalik öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirgan ilk sutkaning özidayoq amalga oşirilgan.
Tehron uşbu hujumlarga javoban Hörmuz böğozi orqali kemalar ötişini yana amalda tösib qöydi, deb yozadi Eron davlat axborot agentligi Fars. OAV ma’lumotlariga köra, sulhning bir neça soati davomida böğoz orqali atigi ikki neft tankeri ötgan, xolos. Umuman olganda esa Eron böğoz orqali kuniga öntadan kema ötkazişni rejalaştirgan va ulardan tölov olişni közlagan.
Dunyoda neft taşiş uçun eng muhim yöllardan biri hisoblangan uşbu böğoz orqali qatnovni qayta tiklaş Trampning sönggi haftalarda Eronga qöygan asosiy talablaridan biri bölgan edi. Mutaxassislar ta’kidlaşiça, Eron harbiy harakatlarga javoban böğozni yopib qöygaç, neft narxlari oşib ketgani sababli AQŞ prezidenti murakkab vaziyatda qolgan.
Livan Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, mamlakatdagi obektlarga berilgan ommaviy zarbalar oqibatida kamida 182 kişi halok bölgan, taxminan 900 kişi esa jarohatlangan.
Livan boş vaziri Navof Salomning bayonotiga köra, hujumlar ziç aholi yaşaydigan turar joy hududlariga ham tekkan va bir neçta mintaqada, ayniqsa Bayrutda, qurolsiz tinç aholi vakillarining ölimiga sabab bölgan.
Isroil armiyasi vakili hujumni tasdiqlab, zarbalar Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan «Hizbulloh» harakatiga tegişli 100 dan ortiq qömondonlik markazlari va harbiy bazalarga berilganini ma’lum qildi. Öz navbatida, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats videomurojaatida buni 2024 yil sentabridan beri «Hizbulloh»ga qarşi eng keng kölamli zarba deb atadi.













