Nizomga köra, 16 yoşga tölgan va 30 yoşdan oşmagan texnikum öquvçilari, yoşlar, talabalar hamda band bölmagan aholi örtasida mazkur tanlov Prezident sovrini uçun ötkaziladi.
Qayd etilişiça, Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan har yili 1 martga qadar elektron platforma orqali iştirokçilar röyxatdan ötkaziladi.
Tanlov 3 bosqiçda taşkil etiladi. Birinçi bosqiçda mahallalardan har bir kasb böyiça 3 nafardan nomzod iştirok etadi. Ikkinçi bosqiçda esa texnikum öquvçilari hamda birinçi bosqiç ğoliblari qatnaşadi. Uçinçi bosqiçda ikkinçi bosqiçda yuqori natija körsatgan iştirokçilar bellaşadi.
Tanlov texnikumlar, korxona va taşkilotlar, IT-parklar hamda maxsus poligonlarda ötkazilişi belgilangan.
Ğoliblar BHMga nisbatan hisoblanadigan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Şuningdek, 3-bosqiç ğoliblariga WorldSkills xalqaro çempionatida iştirok etiş huquqi beriladi.












