Eron Hörmuz böğozini bloklaşni davom ettirmoqda
Jumaga ötar keçasi (Vaşington vaqti bilan payşanba kuni) AQŞ prezidenti Donald Tramp Trith Social ijtimoiy tarmoğida davomli postlar e’lon qilib, Eronni ikki haftalik öt oçişni töxtatiş kelişuvini buzişda aybladi.
«Eron Hörmuz böğozi orqali neft ötişini ta’minlaş masalasini juda yomon – hatto insofsizlarça desa ham böladi – uddalamoqda. Bu biz tuzgan kelişuv emas!» – deb yozdi AQŞ prezidenti.
Tramp şuningdek öziga yetib kelgan ma’lumotlarga köra, Eron Hörmuz böğozidan ötayotgan tankerlardan pul talab qilayotganini aytib, bunday yöl tutmaslikni talab qilgan. «Ular bunday qilmagani ma’qul, agar şunday bölsa, ularga buni zudlik bilan töxtatişni maslahat beraman», – deb yozdi u.
Yana bir postida esa u «tez orada Eron yordamida yoki uning iştirokisiz neft öta boşlaşi» haqida gapirgan, ammo bu aynan qanday röy berişiga aniqlik kiritmagan.
Eron Hörmuz böğozini kemalar qatnovi uçun oçişi – Tramp tomonidan e’lon qilingan vaqtinça öt oçişni töxtatiş rejimining asosiy şartlaridan biridir.
Trampning e’lonidan keyin Hörmuz böğozidan kemalar ötişi çeklangan formatda tiklangandi. Reuters agentligi ma’lumotiga köra, sulhdan keyingi birinçi kuni böğozdan neft mahsulotlari yuklangan birgina tanker hamda yana beşta yuk kemasi ötkazilgan. AFP agentligi aniqlaşiça, Yaqin Şarqdagi sulh boşlanganidan buyon böğozdan ötgan kemalarning jami soni 10 tani taşkil etmoqda. Bu esa uruşdan oldingi davr körsatkiçlari bilan soliştirganda juda kamtarona raqamdir – uruşgaça jahondagi taşiladigan neftning 20 foizi uşbu suv yöliga töğri kelardi va kuniga örtaça 140 tanker böğoz orqali harakat qilardi.
Isroil Livanni öqqa tutişni davom ettirmoqda
Eron endi böğozni yana yopib qöygan. Tehrondagilar buni Isroil qöşni Livan hududini öqqa tutişni davom ettirayotgani bilan izohlagan.
Juma kuni tongda isroillik harbiylar Livandagi 10 ta raketa uçiriş qurilmasiga zarbalar yöllanganini ma’lum qildi, ularning iddao qilişiça, «Hizbulloh» payşanba kuni şu nuqtalardan Isroil şimolini öqqa tutgandi. Bundan taşqari, Isroil mudofaa armiyasi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan uşbu guruh Isroil tomon uçirgan raketalar töxtatib qolinganini bildirgan. «Hizbulloh» Isroil şimolidagi Hayfa şahridagi harbiy infratuzilma inşootlarini nişonga olganini ma’lum qilgan.
Isroil va «Hizbulloh» örtasidagi zarbalar almaşinuvi AQŞ tomonidan 8 aprel kuni e’lon qilingan sulh davrida kuzatilmoqda. Sulhning birinçi kuniyoq isroillik harbiylar Livan hududiga uruş boşidan buyon eng yirik zarbalarini yöllagandi. Livan hukumati ma’lumotlariga köra, mamlakat janubidagi şaharlar öqqa tutilişi oqibatida 300 dan ortiq kişi halok bölib, mingdan ortiq kişi yaralangan.













