Budanovning 4 aprel kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusiga köra, Moskva va Kiyev tinçlik kelişuviga yaqinlaşmoqda, uruşni bartaraf etiş esa köp vaqt olmasligi mumkin. Material 10 aprel, juma kuni e’lon qilingan.

Budanovning aytişiça, Rossiya tomoni ham, Ukraina kabi, uruşni töxtatişni istaydi.

“Ularning barçasi uruş tugaşi kerakligini tuşunadi. Şuning uçun ham ular muzokara olib bormoqda. Menimça, bu köp vaqt olmaydi”, — dedi u Ukraina muzokaralar delegatsiyasi tarkibiga kiruvçi siyosatçi sifatida.

Budanovning ta’kidlaşiça, Ukrainadan farqli ravişda, Rossiya harbiy harakatlarni öz mablağlari hisobidan moliyalaştirmoqda.

“Bu juda katta mablağlar — trillionlar”, — dedi u. Uning fikriça, aynan şu omillardan biri Moskvani uruşni töxtatişga undamoqda.

Budanovning aytişiça, hozirgaça ham Ukraina, ham Rossiya muzokaralarda “maksimalistik” pozitsiyalarni uşlab kelgan bölsa-da, tomonlar murosaga keliş yölida yaqinlaşadi. Şu bilan birga, u Donbass böyiça har ikki tomonni qoniqtiradigan kelişuv qanday bölişi mumkinligi haqidagi savolga javob berişdan tiyildi. Rossiya Ukraina nazorati ostidagi mintaqa qismidan Ukraina Qurolli kuçlari çiqib ketişini talab qilmoqda.

“Yakuniy qaror hali qabul qilingani yöq. Ammo, umuman olganda, endi barça ruxsat etilgan çegaralarni aniq tuşunib turibdi. Bu ulkan taraqqiyot”, — dedi Budanov.

Rossiya armiyasining holati haqida gapirar ekan, Budanov Rossiya yöqotişlarni qoplaşda muammoga duç kelmayotganini va 2025 yil oxiri holatiga köra, zarurat tuğilsa, uruşga 23,5 million kişilik zaxirani yuboriş imkoniga ega ekanini bildirdi.

“Bu Ukraina safarbar qila oladigan miqdordan ança köp. Ukraina esa askarlar yetişmasligi muammosini yengişga urinmoqda”, — dedi u.

Bloomberğning Kremlga yaqin ikki manbasi aytişiça, muzokaralarda deyarli real taraqqiyot yöq, xavfsizlik kafolatlari böyiça murosaga kelinmagani sababli muloqot köp jihatdan boşi berk köçaga kirib qolgan. Suhbatdoşlardan biriga köra, 2026 yilga kelib muzokaralarning yagona sezilarli natijasi — tomonlar bir-biri uçun mutlaqo qabul qilib bölmaydigan pozitsiyalarni belgilab olganida bölgan.

Budanov ehtimoliy muzokaralar barbod bölişiga ham izoh berdi.