Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KAIYI AUTO: O‘zbekiston bozoriga zamonaviy gibrid avtomobillarni olib kirayotgan brend
Yibin Kaiyi Automobile Co., Ltd. (qisqacha Kaiyi AUTO) 2014 yil yanvar oyida shu’ba kompaniya sifatida tashkil etilgan. U Sichuan provinsiyasida joylashgan bo‘lib, an’anaviy va yangi energiya manbalari asosida ishlovchi avtomobillarni ishlab chiqaradi. Brend o‘z mijozlariga Kaiyi AUTO sedan, SUV va MPV turdagi mashinalarni yetkazib beradi.
2019 yil dekabr oyida ishga tushirilgan Yibin zavodi yiliga 150 000 dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Xodimlar soni 3 000 nafardan ortiq. Kompaniya ustav kapitali 4,727 milliard yuanni tashkil etadi, uning 82 foizi davlat ulushiga tegishli. Mazkur jihat kompaniyaning barqarorligi va ishonchliligini yanada mustahkamlaydi.

Bugungi kunda Kaiyi avtomobillari O‘zbekistondan tashqari, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika, Janubiy Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyo kabi hududlarni o‘z ichiga olgan 30 dan ortiq mamlakatga eksport qilinadi.
Kompaniyaning asosiy maqsadi keng omma uchun qulay, ishonchli va zamonaviy avtomobillarni taqdim etish orqali bozorda yangi standartlar yaratishdan iborat. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Kaiyi avtomobillari ekologik toza va yoqilg‘i tejamkor texnologiyalar, xususan, gibrid avtomobillar yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
O‘zbekistonga kirib kelishi
KAIYI brendi O‘zbekiston bozoriga 2025 yilda “CENTRAL ASIA MOTORS CO” kompaniyasi orqali kirib keldi. Ushbu hamkorlik natijasida mamlakat avtomobil bozorida yangi bosqich boshlandi: zamonaviy va tejamkor gibrid transport vositalarini keng joriy etish.
Hozirda KAIYI avtomobillari O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori “CAMEL AUTO” tomonidan taqdim etilib, mijozlarga ishonchli xizmat va kafolat asosida yetkazib berilmoqda.

KAIYI X7: brendning yorqin modeli
KAIYI brendining eng e’tiborga molik avtolaridan biri – KAIYI X7 gibrid modeli. Ushbu model:
* zamonaviy texnologiyalar;
* keng salon va 1200 km yurish masofasi;
* yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etadi.
Global bozorda ishlab chiqilgan KAIYI X7 yoqilg‘i tejamkorligi, uzoq yo‘lni bosib o‘tish imkoniyati va ekologik xavfsizligi bilan ajralib turadi. Bu modelga kompaniyaning innovatsion rivojlanish yo‘lidagi muhim qadami sifatida qaraladi.
Hozirda O‘zbekistonda KAIYI X7 gibrid modelini ishlab chiqarish ishlari boshlangan. Ushbu loyiha mamlakat avtomobil sanoatida yangi bosqichni boshlaydi: yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy bozorda zamonaviy avtomobillarni qulay narxlarda taqdim etish imkonini beradi.
O‘zbekiston bozoridagi maqsadlar
KAIYI brendining O‘zbekistondagi asosiy maqsadlari quyidagilar:
* Gibrid avtomobillar segmentini rivojlantirish;
* Zamonaviy va tejamkor transport vositalarini keng ommaga taqdim etish;
* Narx va sifat o‘rtasida optimal muvozanat yaratish;
* Avtomobil bozorida yangi texnologik yechimlarni joriy qilish;
* O‘zining innovatsion yondashuvi orqali O‘zbekiston avtomobil bozorida yangi bosqichni boshlash.
KAIYI AUTO O‘zbekiston bozoriga kirib, mahalliy iste’molchilar uchun zamonaviy, ishonchli va ekologik toza avtomobillarni taqdim qilishda yangi standartlar joriy etishni o‘zining asosiy missiyasi sifatida belgilagan.
Reklama huquqi asosida